Smartfonlar uchun yangi kuchli san’at ilovasi yaratildi

Smartfonlar uchun yangi kuchli san’at ilovasi yaratildi

Barchaga ma’lumki butun dunyo bir necha soniya ichida biron-bir qo’shiqni aniqlash mumkin bo’lgan Shazam ilovasi mavjudi. Endilikda, yuqori san’at smartfonimizda joylashish vaqti keldi.

Yangi dastur Smartify deb ataladi va u sizning qurilmangiz kamerasi bilan ishlaydi. Siz faqat kamerani, masalan, muzeydagi rasmga qaratishingiz kerak, so’ngra ilova uni ko’zdan kechiradi va siz bu asar haqida ma’lumot olasiz. Uning yaratilish vaqti va muallifi, shuningdek, audio-tahlili ham mavjud bo’lishi mumkin.

Hozircha, dastur dunyo bo’ylab 30 yirik galereyalarida va muzeylarida ishlaydi, lekin mualliflar, albatta, axborot bazasini oshirishda davom etadi. Ilova Android va iOS da allaqachon mavjud va uni hoziroq o’rnatib olishingiz mumkin.

 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social