SMS 20 yilligini nishonladi

SMS 20 yilligini nishonladi

20 yilligi nishonlanish arafasida SMS ning yaratuvchisi, ya`ni bu texnologiyaning yaratuvchisi Nil Papuort, uyali aloqa dunyonisini butunlay o`zgartirib yuborgan birinchi matnli elektron xabar SMS xaqida gapirib berdi. Britaniyalik injener o`zining taklif etgan yangi muloqat usuli, bu darajada uyali telefon orqali bajariladigan qo`ng`iroqlar uchun jiddiy raqobat bo`laolishini kutmagan.

Birinchi SMS 1992 yili 3 dekabr kuni jo`natilgan edi. Usha vaqtda 22 yoshli Sema Group xodimi Nil Papuort Vodafone uyali aloqa operatorining yangi texnologiyasini test qilgan edi. Birinchi sms xabari matni ikki so`zdan iborat edi: “Merry Christmas”. Aytib o`tishimiz lozimki, boshida SMS kompyuter orqali jo`natilgan, keyinroq esa to`g`ridan to`g`ri uyali telefon yordamida jo`natila boshlandi.

Birinchi vaqtlari na Sema Group xodimlari, na uyali aloqa operatorlari bir necha yillar maboynida bu yangi ixtironing qay darajada ahamiyat ega bo`lishini tasavvur qilishmagan. Yangi servisdan abonentlar ham foydalanishga shoshilishmagan – faqat 2000 yildagina uyali aloqa operatorlari o`z mijozlariga SMS larni boshqa uyali aloqa operator foydalanuvchilariga jo`natish imkonini berishgan. Shundan keyin esa – unchallik qimmat bo`lmagan xizmatning mashhurligi qo`tarilishi boshlagan. 160 simvoldan iborat bo`lgan xabarlar foydalanuvchilar uchun uzoq davom etuvchi qo`ng`iroqlar va ularga bo`lgan tushunarsiz tarif rejalari o`rniga yangi foydalanuvchilar uchun ideal tanlov bo`ldi.

Nil Papuort o`z so`zida: “20 yil oldin, ushbu texnologiyani test qilganimda, men uning kelajagi haqida o`ylamagandim. SMS ning 10 yillik yubileyida, uning o`sayotgan mashhurligini ko`rib, men tushunishni boshladim, bu katta ixtiro edi. Xozir yana 10 yil o`tib, shuni guvohi bo`lyapmanki, ushbu servisni ishlatish imkoniyatlari yanada kengaygan”, – deb aytib o`tgan.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. saldat

    navernoe za takoe vremya on uje millionerom stal

  2. a

    ман халигача смсни жуда яхши кураман, жуда кулай ва осон, ортикча суз шарт эмас

  3. madina

    voy shu sms uylab topkan insonga pamyatnik kuyish kerak!

  4. Номаълум

    ros juda kerakli narsani uylab topishdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social