Toshkentda Hyatt

Toshkentda Hyatt

2013 yilning oxirida Toshkentda Hyatt brendidagi yangi mehmonxona o`z ishini boshlaydi.

Hyatt International agentligi xabar berishicha, Toshkent Xokimiyati va O`zbekiston tiklanish va rivojlanish Fondi o`zaro 2012 – 2013 yillarda $113 mln.ga baholangan mehmonxonani qurish haqida shartnomaga imzo qo`yishgan.

Shartnomaga buyicha ikkala taraf ham Toshkentning markaziy qismida yuqori darajali 294 xonali mehmonxonani qurishni rejalashtirganlar.

Yangi mehmonxona qurulishi 2013 yilning to`rtinchi kvartalida ishga tushadi. Loyihani realizatsiya qilish uchun Toshkent shahar xokimiyat qoshidagi davlat unitar “Poytaxt kurilish va xizmat” korxonasi yaratiladi.

Hyatt International mehmonxonani loyihalashtirish, qurilish va asbob-uskunalar bilan ta`minlash jarayonida va uni boshqarishda texnik konsultativ xizmat va maslaxatlarini ko`rsatadi. Shu bilan mehmonzonaga Hyatt Regency markasini ishlatish, hamda mehmonxonada barcha qurulish ishlari tugab butunlay ishlashni boshlaganidan keyin  $5 mln. miqdordagi qaytaralmaydigan grant beradi.

Loyihani mablag`lashtirish O`zbekiston davlat byudjeti va O`TRF olingan kreditdan  tashkil topgan.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    5 yulduzli mehmonxonaku

  2. uzbek

    toshkent kundan kunga kengayvoti

  3. umid

    yana bitta mehmonxona, lekin bunisi interkontinentaldan utib ketadiyu

  4. блэйд

    тугри, агар буниям пулини еб куйишмаса, минг афсуски бизда ахир купчилик жойда шундайку, хужжатла буйича фалонча маблаг ажратиладию, лекин шу ишши амалга ошириш учун 50-60% гина етиб келади

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social