Transformer 4 fil`mida qatanashadigan avtomobillar namoyish etildi

«Transformerlar 4» blokbastr fil`mining yangi avtomobillar «portret»lari paydo bo`ldi. Ushbu ikki zamonaviy avtomobillarning – narxi $2,4 mln.lik  Bugatti Grand Sport Vitesse hamda 2014 yildan ishlab chiqariladigan C7 Chevrolet Corvette Stingray avtomobilidir. 

Ushbu yangi “qaxramonlarning” suratlari bilan birga «Transformerlar 4»ning aktyorlar jamoasi ham e`lon qilindi. Ma`lum bo`lshicha, yangi kartinada Mark Uolberg, Jek Reynor, Nikol Pel`tts, Stenli Tuchchi va Li Binbin bilan birga TiJey Miller ham rol ijro etgan. Maykl Beyaning ushbu yangi afsonaviy fil`mi prem`erasi 2014 yilning 27 mayiga mo`ljallangan. 

Eslatib o`tamiz, «Transformerlar 3: Oyning qorong`u tomoni» (2011) fil`mida Blue Peterbilt 379 (Optimus Praym) yuk mashinasi, Chevrolet Camaroning 5-avlodi (Bamblbi), GMC Topkick (Ayronxayd), Hummer H2 (Retchet) va qizil Ferrari 458 Italia (Miraj) ishtirok etgan edi.

Foto:

1

2

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    (Y)

  2. a

    машиналарга гап йук

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social