Universiada-2013 sport musobaqalariga start berildi

Universiada-2013 sport musobaqalariga start berildi

2013 yil 6 iyun` kuni Buxoroda mamlakatimiz oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida “Universiada – 2013” respublika sport o`yinlarining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

“Buxoro” markaziy stadioniga “Universiada – 2013” respublika sport musobaqalari ishtirokchilari – Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalari kirib keldi. Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi M.Esonov O`zbekiston oliy ta`lim muassasalari talabalarining “Universiada – 2013” sport o`yinlarini ochib berdi. Shundan so`ng, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning  “Universiada – 2013” sport o`yinlari ishtirokchilariga tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov o`qib eshittirdi. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangrab, Davlatimiz bayrog`i hamda Universiada bayrog`i ko`tarildi.

Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutining quyosh o`chog`idan alanga oldirilgan mash`alani ko`targan yigit va qiz maydonga kirib kelishdi. “Universiada – 2013” respublika sport o`yinlari mash`alasini dzyudo bo`yicha ikki karra jahon chempioni, Pekin va London Olimpiadalari sovrindori, “Universiada – 2010” g`olibi Rishod Sobirov va badiiy gimnastika bo`yicha Osiyo chempioni, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati Husniyabonu G`ulomova yoqdi.

Dasturning badiiy qismida yosh sportchilar, raqqosalar, taniqli estrada xonandalari ishtirok etishdi. Sho`x qo`shiq va taronalar marosimga bayramona kayfiyat ulashdi. Tantanali ochilish marosimi katta kontsert dasturi bilan yakunlandi.

Eslatib o`tamiz Universiada musobaqalari bu yil ham 12 sport turi – basketbol, voleybol, kurash, belbog`li kurash, dzyudo, engil atletika, tennis, stol tennisi, futbol, gandbol, shaxmat va suzish bo`yicha tashkil etilmoqda. Unda mamlakatimizning barcha hududida o`tgan ko`p bosqichli saralash musobaqalarida g`olib chiqqan yigit-qizlardan tarkib topgan 14 terma jamoa qatnashmoqda.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. BRNHR

    Universiada ishtirokchilariga OMAD!!!!

  2. Faruh

    Stadiyonni zo’r qilib qoyibdi. Maladest!!!! Universiada orqali ham ancha joyda sport komplekslar rivojlanib qoladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social