Uzoq davom etadigan ish kuni infarktga olib keladi

Uzoq davom etadigan ish kuni infarktga olib keladi

Yangi olib borilgan tekshiruvlar shuni aniqladiki: ish vaqtidan tashqari qilinadigan ish – insonning 80% yurak-tomir kasalligi bilan kassallanishiga sabab bo`lishi mumkin ekan.

Mutaxasislarning aytishlaricha, uzoq davom etadigan ish kuni (kuniga 8 soatdan ortiq) infarkt yoki insultga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, ish kuni qancha uzoq davom etsa, yurak-tomir kassaliklarning paydo bo`lish extimoli ham shuncha ko`proq. Shifokorlar esa bunga – uzoq stress ta`siri sabab deb aytishmoqda.

Yurak-tomir kasalliklariga sabab bo`luvchi boshqa omillar ham bor, yaxshi ovqatlanmaslik, bo`sh vaqtning kam bo`lganligi sabab badan tarbiya mashg`ulotlari bilan shug`ullanaolmaslik. Mana bu omillar ham infarktga olib kelishi xech gap emas ekan.

Olib borilgan tekshiruvlar, uzoq davom etuvchi ish kunlari keksa yoshga kelganda aql zaiflashishiga ham sabab bo`lishi mumkin ekan. Uzoq davom etadigan ish kunlarning insonga ta`siri, tamaki istemol qilish ta`siriga o`xshaydi. Xaftada 55 soat ishlaydigan insonlarda, xaftasiga 40 soat ishlaydigan insonlarnikiga qaraganda miyasi zaif ishlaydi va ularda qisqa xotira ham juda yomon bo`ldi.

Ilgarigi tekshiruv natijalari shuni aniqlagan ediki, kuniga 11 soat va undan ko`proq ishlaydigan insonlar, kuniga 7-8 soat ishlaydigan insonlarga qaraganda ikki barobar ko`p depressiya holatiga tushib qolisharkan.

Bir qarashdan juda oddiy sabablar, yaxshi ovqatlanmaslik, badan-tarbiya bilan shug`ullanmaslik – nahotgi bular yurak-tomir kasalliklari, infarkt yoki insyultga sabab bo`lishi mumkin? Agar hozirgi kunda buni yoshlarga aytadigan bo`lsak, deyarli ko`pchilik yoshlar buni “bo`lmagan gap” – deya kulib ketishi mumkin. Lekin aynan mana shu oddiygina narsalardan hammasi boshlanadi, mana shunday mayda narsalar yig`ila – yig`ila katta bir baloni boshlab kelishi xech gap emas. Bizning sog`ligimiz faqat o`zimizga kerak, boshqaga emas. Shuning uchun keling, o`z sog`ligimizni saqlash uchun bizga oddiy bo`lib to`yilgan narsalardan boshlasak. Axir buning xech qanday qiyin joyi yo`q. Shunday emasmi?

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. nodir

    xa togri aytilgan. Mana ishlaysan-ishlaysan,tez-tez kasal bulasan,keyin xamma pul davolashga ketadi@

  2. Номаълум

    naxotki???

  3. Karimbek

    Menimcha bu bo’lmagan gap. Odam kop ishlashi kerak. Qancha kop ishlash shuncha boshqa bo’lmagur ishlarga kam vaqt qoladi.

  4. Lola

    манимча эса одам кунига 8 соат ишлаши керак, ундан ортиги ортик, ахир инсон умри факат ишдан иборат эмас, унда оила, ота она, бола чака, дустлари булади, хар бир киши иш деб 10-15 соат ишлайверса, манимча бу киши вакти келиб, бу килган ишларидан афсусланади

  5. hakim

    zor maqola gap yoq! kerakli info!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social