Xayashi Natsumi

Xayashi Natsumi

Tokiolik fotograf Xayashi Natsumi (Hayashi Natsumi) avtoportret janrini yangi darajaga ko`tardi. Xayashi Natsumi (Hayashi Natsumi) suratlari havoda olingan avtoportretlardan iborat. Aytishingiz mumkin, buning hech qanday iloji yo`q deb, biroq Xayashi Natsumining hamma suratlari hech qanday bir maxsus texnika yordamisiz va hattoki fotoshop dasturida ham ishlov berilmagan. Uning ish jarayoni shundan iboratki, u fotoapparatidagi taymerni  10 sekundga qo`yib, o`zini erkin qo`ygan holda har hil harakatlar va holatlarda tepaga sakragan. Buning natijasida esa  Xayashi Natsumi fotografiya olamiga yangi janr olib keldi.

1

Bu rasmlarni birinchi marta ko`rganimda, juda hayratda qoldim, haqiqatdan ham Xayashi Natsumi avtoportret olamida yangi bir sahifa ochdi. Ba`zida, insonlar nimalarni o`ylab topishmaydi deysiz? Kimgadir avtoportret janridagi yangi yo`nalish yoqar, qimgadir esa yo`q. Ammo eng muhumi shuki, Xayashi bu yangilik kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi deb o`ylab o`tirmadi. Eng muhumi bu ish uning o`ziga yoqadi. Ishonch bilan aytishim mumkinki, Xayashi bu ishga butun borlig`i bilan yondashadi. U insonlarning, yaqinlarining, do`stlarining va qarindoshlarining nima deyishi haqida o`ylamaydi. Agar biz boshqalarning fikri bilan yashaydigan bo`lsak, bu qanday hayot bo`lishi mumkin? Ammo, ko`pchilik hozirgi kunda aynan shunday hayot kechirayapti. Bu esa juda achinarli.

Bu bilan men o`z yaqinlaringiz va do`stalaringizning fikrlarini tinglamang demoqchi emasman. Aksincha, biz ularning fikrlarini hurmat qilishimiz va qadrlashimiz kerak. Chunki yaqinlarimiz bizga hech qachon yomonlik tilashmaydi. Biroq, sizning yashayotgan hayotingiz faqat Sizga tegishli. Vaqt o`tib “Mening hayotim nima uchun bunday zerikarli o`tdi?” yoki “Nima uchun men boshqa yo`lni tanlamadim?” degan savollar paydo bo`lsa, bu juda yomon. Agar Sizda shunday savollar bo`lsa, demak siz o`z fikringiz bilan yashamayapsiz.

Bu savollar haqida bir o`ylab ko`ring. O`zingizning hayotingizga nazar soling, siz qanday hayot kechirayapsiz? O`zingizning hayotingizdan mamnunmisiz? O`ylaymanki bu juda qiziq savollar, Siz bu savollarga javob topasangiz, demak Siz to`g`ri yo`lni tanladingiz. Shunday davom ettiring va bu sizning hayotingizni o`zgartirishga yordam beradi. Sizning hayotingiz faqat sizga berilgan va siz to`g`ri qarorga kelasiz degan umiddaman. Yuragingizga quloq soling, u nimani istaydi?

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ummon_uz

    juda ajoyib, gap yo’q @opajon@

  2. Gulli

    Juda ajoyib ekan maqola ekan rahmat

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social