Xitoy restoranining xo`jayini robotlarni ishga oldi?!

Xitoy restoranining xo`jayini robotlarni ishga oldi?!

Robotlar… Hozirgi kunda ko`plab kitoblar, fil`mlar va hattoki video o`yinlar texnologiya rivojlanish muammosiga qaratilgan. Robotlarni kimlardir tarafdori bo`lsalar yana kimlardir qarama-qarshi fikrdadir. Bu erda kimdir butun odamzodni ishlashini ko`rmoqda, boshqalar esa robotlar kiritilganidan so`ng ishsiz insonlarning muamosini ko`rmoqdalar. Biroq amaliyotda hammasi ham yomonmi?

Yaqindagina Xitoydagi Kushan shahri restoranining xo`jayini Song Yugang bir necha robotlarni ishga olgan. Administrator so`zlari bo`yicha robotlarga oylik to`lash kerak emas, ularga ta`til ham kerak emas va kasal ham bo`lmaydilar. 2 soat zaryad va robot 1/3 butun ish kunidan ishlashi mumkin. Har bir robotning narxi 6.5 ming AQSh dollari va bu Xitoydagi bir ishchining yillik maoshidir.

Nemes jurnalistlari xo`jayining noyob tashabbusiga qiziqishib, o`zlarining kichkina tekshirishini o`tkazib, quyidagi narsani aniqladilar: robotlar olingan vaqtdan keyin xech kim «ko`chaga tashlanmadi» yani ishchilarning birortasi ham ishdan bo`shatilmagan. Song Yugang robotlarni faqatgina marketing maqsadi bilan, yani yangi mijozlarni jalb etish uchun olgan. Restoranning asosiy ishchilari insonlardir, biroq hozirda ular bilan birga robotlar ham ishlashni boshlagan.

Song Yugang ning so`zlariga ko`ra robotlarni ishga olishiga uning kichkina qizi turtki bergan, oldin qizi otasiga uy yig`ishtirishi uchun robotni sotib olishga taqlif bergan edi. Xitoylik biznesmen o`z ishini foydali deb hisoblaydi va uning so`zlari bo`yicha odamlar robotlarga qiziqish bilan qarashadi, ayniqsa bolalar.

Ta`kidlab o`tish joizki, Xitoy ko`p diqqatini ish avtomatizatsiyasiga qaratadi. Bugungi kunda u hattoki robottexnologiya va uskunalarni ishlatishda Yaponiyadan ham o`tib ketdi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nodir

    Kasal bo’lishmidi??? Agar buzilsa ancha qimmatga tushadiyuuu

  2. Исмингиз

    xa qimmatga tushadi, ammo foydani xam yaxshi olib kelsa kere. klientlar ko’p keladi buni kurish uchun!

  3. омон

    ааа гирт бекорчила бу хитойликлар!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social