Xot-dog eyish bo`yicha chempion Djoi Chesnat

Xot-dog eyish bo`yicha o`tkazilgan musobaqada Kaliforniyalik Djoi Chesnet oltinchi marotaba chempion bo`ldi.

Xot-dog eyish bo`yicha chempion Djoi Chesnat o`zining ilgargi rekordini yangiladi, 68 sosiskali bulochkalarni 10 daqiqa ichida eyishga ulgurgan, bu esa 2011 yilgi rekord bilan solishtirganda olti donaga ko`proq.

Shuning uchun 28 yoshli San-Xoseda yashovchi Djoi Chesnat olti karra sovrin g`olibi bo`ldi. Uning ko`rsatgan rekordiga yaqin bo`lganlarga faqatgina 52 xot-dog eyish nasib etgan.

1

Sovrin sifatida u 10 ming AQSh dollar va chempionlik kamarini ega bo`ldi.

Chesnat aytib o`tishicha, g`alabaga u juda xursand va keyingi musobaqani intizorlik bilan kutib qolarkan. Tashkilotchilarning aytishicha, Djoi Chesnatning olib borgan taktikasi yordam bergan – boshqa raqiblari vaqt tugab borishiga qarab xot-doglarni sekin – sekin eyya boshlagan, chempion esa raqiblaridan farqli o`laroq yanada tezroq eyishni boshlagan.

2012 yildagi dunyo chempionat, N`yu-yorkda joylashgan, o`zining bayramona musobaqalari bilan mashxur bo`lgan Koni-Aylend yarimorolida bo`lib utgan.

Ayollar o`rtasidagi dunyo chempionatida esa o`tgan yil g`olibasi bo`lgan 42 yoshli “Qora Beva” laqabiga ega bo`lgan Sonya Tomas – bu yil ham g`alaba qozondi. Bu Ayol o`zining shaxsiy rekordini ham yangilashga muvaffaq bo`ldi, 10 daqiqa ichida 45 dona xot-doglarni eb qo`ydi.

Ilgari Tomas bir nechta marotaba tez eyish musobaqalarida qatnashib, musobaqa erkak qatnashuvchilarni ortta qoldirishga muvafaq bo`lgan. Shuning uchun ham Sonya Tomas – Qora Beva laqabini olgan.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    xa bu odamlarni qiladigan ishi yoq menimcha!

  2. мадина

    ха айтманг шунака килиб ошкозони хам кийин ахволга солиш мумкин ку!

  3. kamol

    shuncha hot dog uvol buldi (

  4. Номаълум

    g’irt bekorchilar

  5. Номаълум

    xa xa xa

  6. Шахобиддин

    Энди нимаям дердик.

  7. Gulli

    exxe qanday qilib shunchasini yeyish mumkin ular bokib qolishmadi ekan qiziq lekin by soglika katta zarar champion bolaman deb sogliqini xavfga qoyish manimcha togrimas

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social