Yangi bosh rahbar o`zini nimalarga qodir ekanligini ko`rsatmoqchi bo`ldi, ammo …

Yangi bosh rahbar o`zini nimalarga qodir ekanligini ko`rsatmoqchi bo`ldi, ammo …

Agarda siz hayotingizda omillarni ko`rib chiqmasdan va aqlga sig`maydigan qarorlarni qabul qiladigan bosh rahbar qo`l ostida ishlagan bo`lsangiz, demak sizga bu vokea maqul keladi.

Bir kompaniyada yangi ishchilar tayinlandi va yangi bosh rahbar ishga qabul qilindi. Yangi boshliq barcha dangasalardan va bekorchilardan qutulmoqchi bo`ldi.

Bir kuni yo`lakda devorga suyanib turgan va tishlarini qovlab turgan yigitni ko`rib qoldi. U erda boshqa ishchilar ham bor edi va yangi bosh rahbar o`zini ko`rsatib qo`ymoqchi bo`libdi.

Rahbar yigitdan so`radi: “Bir xaftada qancha oylik olasan?”

yigit hayratlanib rahbarga qaradi va javob berdi: “Men xaftasiga $50 oylik olaman, nima edi?”

Bosh rahbar qat`iy javob berdi: “Shu erda kutib tur”.

U o`z xonasiga kirib va bir necha daqiqadan so`ng qo`llarida pul bilan qaytib keldi.

yigitga $200 berdi va aytdi: “Mana sening 4 xafta uchun oyligin, endi esa sen bo`shsan va boshqa qaytib kelma!”

O`zining ishidan mamnun bo`lgan bosh rahbar boshqalarga qarab dedi:

“Kim menga aytadi, bu bekorchi bu erda nima ish qiladi?”

Kimdir orqadan javob berdi:

“Bu pitstsa etkazib beruvchi ishchi, u shunchaki unga pitstsa uchun pul to`lashlarini kutib turgan edi!”

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Abv

    Kalta fahm oylamay ish qiladigan rahbarlar uchunakanda

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social