Janubiy Koreyada futbol robot-muxbiri faoliyatini boshladi

Janubiy Koreyada futbol robot-muxbiri faoliyatini boshladi

“Yonhap” axborot agentligi Angliya Premier Ligasi (APL) ning uchrashuvlari natijalari bo’yicha yangiliklar berib boruvchi avtomatlashtirilgan tizimini taqdim etdi. Bu haqda agentlikning rasmiy saytida xabar berildi.

Dastur Soccerbot deb nomlanadi va uchrashuvlar yakunida bir yoki ikki soniya ichida avtomatik tarzda uchrashuvlar natijalari haqida 380 maqolagacha yaratishi mumkin.

Bu tizim Angliya chempionatining o’tgan mavsumida sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan va kelajakda, agentlik Janubiy Koreyaning Pxyonchxanida bo’lib o’tadigan 2018 Olimpiya o’yinlari yoritish uchun bir dastur ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social