Ronaldo ning diskvalifikatsiyasi! “Chelsi” Kosta ni jarimaga tortdi! Paulinho Barcelonaga o’tdi!

Ronaldo ning diskvalifikatsiyasi! “Chelsi” Kosta ni jarimaga tortdi! Paulinho Barcelonaga o’tdi!

“Real Madrid” hujumchisi Krishtianu Ronaldo Ispaniya Qurolligi futbol federatsiyasi qaroriga ko’ra, besh o’yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Mamlakat Super Kubogi uchun “Barselona” qarshi kechkan birinchi o’yinda hujumchi simulyatsiya uchun ikkinchi sariq kartochka olgan va maydondan chetlatilgan. U hakamning qaroriga o’z noroziligini hissiy bildirgan va hakamning orqasidan turtib yuborgan. Bu holat o’yin hisobotiga kiritilgan.

Natijada, Federatsiya bir qizil kartochka uchun bitta o’yin va hakamni turtib yuborgani uchun to’rt o’yinga Ronaldoni diskvalifikatsiya qilgan.

“Chelsi” Kosta ni £ 300,000 jarimaga tortildi

Londonning “Chelsi” klubi klub hujumchisi Diego Kostani mavsum oldi tayyorgaligi haqida ma’lumotni yashirgani uchun £ 300,000 ga jarimaga tortdi.

Sky Sports xabariga ko’ra, futbolchi mavsumga Braziliyada tayyorgarlik ko’rgan. Futbolchi bu haqda ma’lumotlarni “Chelsi” klubi rahbariyatiga taqdim etmagani uchun jarimaga tortilgan.

Paulinho “Barselona” ga o’tishni ma’lum qildi

“Barselona” va “Guanchjou Evergrand” futbol klubi yarim himoyachisi Paulinho transferi bo’yicha kelishuvga erishildi. “Barselona” matbuot xizmati xabariga ko’ra, shartnoma 40 million evro miqdorida bo’ladi.

17 avgust kuni braziliyalikni rasmiy taqdimoti bo’lib o’tadi, so’ng Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolanadi.

Manba: rambler.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social