YeCHL finalchilari aniq! Juventus va Real!!! (+video)

YeCHL finalchilari aniq! Juventus va Real!!! (+video)

Bugun Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final javob uchrashuvlari o’z nihoyasiga etdi. Bir kun oldin Juventus o’z maydonida Monaconi qabul qilgan bo’lsa, bugun Atletico o’z maydonida Realga qarshi to’p surdi.

Juventus-Monaco yarim final birinchi o’yinida turinliklar 2:0 hisobi bilan g’alaba qozongan edi, o’z o’yida kechgan javob uchrashuvida ham Juventus futbolchilari 2:1 hisobida Monacoda ustun kelishdi va YeCHL 2016-2017 mavsumining birinchi finalchisiga aylanishdi. Turinda bo’lib o’tgan javob uchrashuv to’liq tafsilotini videoda tomosha qilish:

Juventus – Monaco

Ikkinchi yarim final uchrashuvida ham comeback bo’lmadi. Garchi Atletico futbolchilari o’yinni ajoyib tarzda boshlab hatto uchrashuvning 16 daqiqasiga kelib 2 ta gol urishga muvaffaq bo’lishgan bo’lsalarda, Real futbolchilari qo’riqlayotgan darvozaga boshqa yo’l topisha olishmadi. Ikkala o’yin natijasiga ko’ra Real YeCHL finalida.

Atletico – Real

Eslatib o’tamiz YeCHL final o’yini Cardiffda 3-iyun kuni bo’lib o’tadi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Umid

    Yuventus chempion bo’ladi!!

  2. Laziz

    Hala Madrid

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social