ZTE Hawkeye – inson nigohini kuzatuvchi yangi smartfon (+video)

ZTE Hawkeye – inson nigohini kuzatuvchi yangi smartfon (+video)

Las-Vegasda bo’lib o’tgan CES ko’rgazmasida, Xitoyning ZTE kompaniyasi o’zining yangi  “ZTE Hawkeye” smartfonini taqdim etdi.

Ushbu smartfon 5,2-dyumli Full HD displeyga, ikkita kamera, barmoq izlari skaneri, Hi-Fi audio, tez zaryad oluvchi kuchli batareya, kengaytirilgan xotiraga ega. Hamda, smartfon Android Nugat operatsion tizimi ostida ishlaydi.

“ZTE Hawkeye” ning asosiy yangiligi, bu nigohni kamera va sensor yordamida kuzatishdir (ya’ni smartfonni barmoqlar tegilmasdan boshqarish uchun), hamda ushbu smartfon har qanday maydonga yopishishi mumkin (maxsus g’ilof yordamida qilinadi).

ZTE Hawkeye halqaro bozorga 2017-yilning uchinchi choragida chiqishi mo’ljallangan. Yangilikning batafsil xususiyatlari hozircha namoyish etilmagan.

https://youtu.be/QoHhnOtww2w

Manba: Naked-science

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social