BAA-O`zbekiston

BAA-O`zbekiston

Birinchi bo`limning ilk daqiqalaridanoq O`zbekistonlik futbolchilar o`yinni juda faol boshlashdi. O`yinning 4 daqiqasida xujumchimiz Andrey Geynrixda juda yaxshi imkoniyat bo`ldi. Ammo himoyachi zarbani qaytardi. O`inning boshlaridayoq O`zbekistonlik futbolchilar tashabbuskorlikni o`z zimmasiga olishdi. Maydondagi ustinlik O`zbekiston tarafiga o`tdi.

Birinchi bo`lim 16 daqiqasida raqib himoyachilari qaytargan to`pni Shoxrux Gadoev daroza tomon ajoyib zarba yo`llab xisobni 0:1 ga etkazdi. O`yinnig 23 daqiqasida BAA futbolchilarida yaxshi imkoniyat bo`ldi, himoyaga etib kelgan Sanjar Tursunov to`pni qaytardi.  O`yinning birinchi bo`limning ikkinchi yarimida esa ikkila terma jamoa futbolchiolarida bir qator imkoniyatlar bo`ldi. Ammo hisob o`zgargani yo`q. Shunday qilib o`yinning birinchi bo`lim 0:1 xisobi bilan yakun topdi.

Tanafusdan so`ng xam o`yin futbolchilarimiz ustunligi  bilan boshlandi. O`yinning 51 daqiqasida Timur Kapadzeda juda yaxshi imkoniyat bo`ldi, ammo zarbaga aniqlik etishmadi.  O`yinning 59 daqiqasida bo`sh qolgan arab futbolchisi Ahmad Halil to`pni darvozaga yo`llab qo`ydi. 1:1.

Birinchi goldan ruhlangan arablar, o`yinning 62 daqiqasida ikkinchi golniyam darozamiz tomon yo`lladi. Himoyachilarimiz to`g`ri “pozitsiya” tanlay olishmadi. Xisob 2:1. O`yinda tashabbus arablar tomonga o`tdi. O`yinning ikkinchi bo`limiga xakam 4 daqiqa qo`shib berdi. Ammo futbolchilarimiz qo`shilgan vaqtdan ham foydalana olishmadi. Xisob 2:1 arablar g`alabasi bilan yakun topdi.

Ushbu mag`lubiyat terma jamoamizni Osiyo 2015 Avstraliyaga borish imkoniyatini pasaytirdi. Ammo xali imkoniyat bor.

Endilikda terma jamoamiz oldida 26 mart kuni eng muxim uchrashuv kutib turibdi. Bu o`yinda futbolchilarimizga omad tilab qolamiz.

Kommentlar: 10 komment. 10 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    уйин манга жуда ёкди, олдинги уйинга караганда анча комбинацион тарзда уйнашди, лекин омад етишмади, Гадоев бироз оксади, химоядаям бироз тартибсизлик сезилди, бу уйин билан Ливанга карши уйнаб бумийди, ютиш учун бироз тер тукишлари кере булади

  2. Номаълум

    хечамда, уйин умуман ковушмади хар дойимгиде ковун тушуриб келишди

  3. Номаълум

    tufta uyin buldi, na bir kommbinatsiya bor, na bir taktika drust yaxshisi murabbiyi uzgartirgan yaxshiro

  4. umid

    Bizda hujumchila oqsadi, himoyani etmasayam buladi. Qarilani yig’ib nima qimoqchi mu Mirjalol aka

  5. 159

    “yana omad bizdan yu ugirdi” “omad bugun raqiblar tomonida edi” mana bu jamoamizzi har gal yutqizganidan keyingi shiyori smile

  6. Gol

    майли омад ракиблар тарафида бусин, лекин уйинда туп бизада бугунда омадам бизада булади, агар Кападзе жаноблари ва яна бир канча уйинчиларимиза узларига берилган вазиятладан унумли фойдаланганида омадди биз тарафда булиши аник эди, бошка вариантам комасди

  7. 7778

    sharmandayu sharmiso! har gal mtj uyinida yuragim hovuchlab utiraman, shulani uyinini kurmay deyman,lekin ulgur futbolga bugan qizziqishim quymiydi, bu ketishda sogligindam ayrilaman shekilli, mtj uynagan vaqtda jamoamiz yutishiga ishonch bilan utiradigan vaqtlar qachon kelarkin-a

  8. sHox

    bolla kechagi uyindan keyin jamoamiz uz uyida Livanni yutushiga kim ishonadi?

  9. Номаълум

    manimcha futbolga umuman qizziqishi yuq insongina ishonishi mumkin, a tak bilmadim, man uzim qo’rqvomman

  10. dj_Jahon

    Muallif Shox: O’zbekiston aniq yutadi. Livan unaqa kuchli kamandamas.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social