“Bavariya” EChL g`olibi (+video)

“Bavariya” EChL g`olibi (+video)

 

Bugun uzoq kutilgan Evropa chempionlari ligasi finali bo`lib o`tdi.  Unda ikki nemis klubi  «Borussiya»  hamda «Bavariya» g`oliblik uchun o`zaro kuch sinashishdi. Birinchi bo`limning ilk daqiqalaridanoq dortmundliklar presing qo`llab, ustunlikni o`z qo`llariga olishdi. 14-daqiqada Blashikovski yaqin masofadan, darvozaning pastki chap burchagini nishonga oldi, biroq, Manuel` Noyer oyoqlari bilan to`pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga muvaffaq bo`ldi. Oradan bir necha daqiqa o`tar-o`tmas, Levandovski chamasi 28-30 metrlardan darvozani nishonga oldi. Biroq, yana Noyer jamoasini goldan qutqarib qoldi. 

 

O`yinning o`rtalarida  “Bavariya” ham jonlandi. 26 daqiqada Manjukich o`ng qanotdan uzatilgan to`p uchun kurashda Sven Benderni ortda qoldirib, bir necha metrlardan darvozaga to`p kiritishga urindi, Vaydenfeller jamoasiga yordamga keldi va to`pni darvozadan uzoqlashtirdi. 30-daqiqada Robben gol urish uchun yaxshi imkoniyatga ega edi, ammo darvozabon   bilan birga-bir vaziyatdan darvozani aniq nishonga ola olmadi.  Va o`yin oxirigacha hisob ochilamadi.  0:0.

 

Ikkinchi bo`lim ham yuqori tempda boshlandi. Uchrashuvdagi hisobni 60-daqiqada Mario Mandjukich Robbenning ajoyib  to`p uzatishidan so`ng hsobni ochdi.  0:1.  67-daqiqada raqib jarima maydonida to`pni qabul qilib olgan Roysni, Dante qo`pollik bilan to`xtatib qoldi va hakam ikkilanmay, “Bavariya” darvozasi tomon penal`ti belgiladi. 11 metrli jarima to`pini Ilkay Gundogan aniq amalga oshirib muvozanatni tikladi. 1:1.

 

O`yining so`ng daqiqalarida nihoyasiga etish arafasi, 89 daqiqada  Robben chiroyli tarzda darvozagato`pni yo`llab “Bavariya” ni chempionlikga chiqishiga yaqinlashtirdi. 1:2.  Qolgan daqiqalarda dormundliklar hisobni tenglashtirishga xarakat qilishdi ammo hisob o`zgarmadi. O`yin 1:2 hisobi bilan yakunlandi va “Bavariya” chempionlar ligasining g`olibiga aylandi.

 

Barcha “Bavariya” muxlislarini ajoyib g`alaba bilan tabriklaymiz.

Foto laxzalar:

1

2

3

Video:

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social