Bugun birdamlik kuni

Bugun birdamlik kuni

Bugun barchamiz bir jamoa bo`ladigan kun. Bunga etarlicha sabab ham bor. JCh-2014 saralash 4-bosqich «A» guruhi so`nggi – 10-tur uchrashuvlari doirasida milliy terma jamoamiz Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida Qatar terma jamoasini qabul qiladi. Bu o`yin ahamiyati nafaqat milliy terma jamoamiz uchun, balki barcha o`zbek xalqi uchun ahamiyatlidir.

O`yin natijasidan qat`iy nazar bir narsa xursand qiladi, bu ham bo`lsa barchamiz bir bo`lib bir jamoaga muxlislik qilishimiz. Yana qachon bunday imkoniyat bo`ladi?! Albatta o`z jamoasining xar bir o`yini futbol muxlisi uchun ajoyib bir bayram. Lekin bugungi o`yin butun bir xalq, o`zbek millati bir jamoa bo`lib muxlislik qiladigan o`yin. Kim yonimizda o`tirib muxlislik qilishining farqi yo`q, goh u “Real” muxlisi, yoki “Barselona”, balkim umuman futbolga qizziqmas, lekin u baribir yonimizda, biz bilan birga milliy terma jamoamizga muxlislik qiladi. Mana shunisi muhim deb o`ylayman.

O`yinga keladigan bo`lsak, o`yin natijasi va umuman olganda milliy terma jamoamiz JCh chiqish imkoniyatini ko`pchilik juda yaxshi biladi. Kecha matbuot anjumanida terma jamoamiz murabbiyi ham “Biz bir jamoa bo`lib chiqib kurash olib borishimiz va xalqimizga xursandchilik tuhfa etishimiz lozim” deb aytib o`tdi. Ha to`g`ri, bizga g`alaba kerak, lekin keling hozir bu o`yin emas, balki bu o`yinga qadar bo`lib o`tgan barcha g`alabalaru mag`lubiyatlar uchun milliy terma jamoamiz futbolchilari va murabbiylariga rahmat aytsak.

Har bir jamoa maydonga g`alaba uchun chiqadi. Milliy terma jamoamiz a`zolariyam nafaqat o`zlari uchun, balki o`zbek xalqi manfaati uchun ham faqat va faqat g`alabani deb maydonga tushadi.

Keling, bugungi ajoyib o`yinni birgalikda tamosha qilaylik va barchamiz bir bo`lib milliy terma jamoamizni qo`llab quvvatlaylik. Olg`a o`zbegim!

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    мана бу бошка гап, баракалло муаллиф

  2. 7778

    qoyil maqolaga gap yo’q

  3. Номаълум

    qizziq, maqolani o’qib mtj yutqazishigayam rozidek bo’b qoldim :))))

  4. Номаълум

    nimalar buvotti?

  5. Odil

    Xa bugun hammamiz bir bo’lishimiz zarur!!!! Olg’aa

  6. Komol

    Futbol bo’votti :)))

  7. Номаълум

    Xaaa O’zbekiston 5-1 hisobda g’alaba qozonganiga qaramay, to’g’ridan to’g’ri yo’llanmani qo’lga kirita olmadi. Nima bo’lganda ham zo’r o’ynashdi, qoyil!!! Lekin hali imkoniyat bor

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social