«Bunyodkor» – O`zbekiston kubogi sohibi!

«Bunyodkor» – O`zbekiston kubogi sohibi!

O`zbekiston kubogi Toshkentda qoladigan bo`ldi. «Bunyodkor» klubi o`z tarixida uchinchi marta O`zbekiston kubogi sohibiga aylandi.

Uchrashuv Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo`lib o`tdi. Oldingi maqolamizda xabar berganimizdek, O`zbekiston kubogi final uchrashuvida Toshkentning «Bunyodkor» va Qarshining «Nasaf» klublari kubok uchun o`zaro kurash olib borishlari kerak edi. O`yinda toshkentlik futbolchilar 3:0 hisobida g`alaba qozonishdi.

Uchrashuvdagi barcha gollar birinchi bo`lim o`zida kiritildi. Gollarga Salomov, Murzoev va Karpenkalar mualliflik qilishdi. Aytish mumkinki, final taqdiri o`yin birinchi bo`limining o`zidayoq xal bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, «Bunyodkor» klubi bu final o`yinida nafaqat O`zbekiston kubogiga, balki kelasi yili Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichida to`g`ridan-to`g`ri ishtirok etish xuquqiga ham ega bo`ldi. Sababi, OFK Ijroqo`mi 2013 yilgi Osiyo Chempionlar ligasida O`zbekistonga 2+1 ko`rinishida o`rin ajratgan edi.

Shunday qilib, O`zbekistondagi 2012 yilgi futbol mavsumiga rasman yakun yasab bergan O`zbekiston Kubogi finalida «Bunyodkor» g`alaba qozonib, o`z tarixida uchinchi marta O`zbekiston Kubogini qo`lga kiritdi.

Barcha «Bunyodkor» klubi futbolchilarini va murabbiylar shtatini ajoyib g`alaba bilan tabriklaymiz va kelgusi mavsumda klubga, u ishtirok etadigan barcha chempionatlarda omad tilaymiz!

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Кака

    Баракалла Миржалол Қосимов ва Бунёдкор фотболчилари сизларни ғалаба билан табиклайман!!! Энди Миржалол Қосимов Ўзбекистонни ҳам 2014 йилги ЖЧ олиб чиқади деган умиддамиз.

  2. bunyodkor

    xa Mirjalol Kosimov ko’p narsa kilyapti uzbekiston futboli uchun,buni qadrlash kerak!

  3. Номаълум

    Bunyodkor yutishini bilardim.!!! Yutmasayam bo’masdide.

  4. SArdor

    bunyodkor olmaganda,kim olardi? konechno BUNYODKOR-CHEMPION!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social