Bunyodkor-Sanfrechche 0:0

Osiyo Chempionlar ligasi-2013 musobaqasining guruh bosqich 5-tur uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda Toshkentning “Bunyodkor”  klubi Yaponiyaning “Sanfrechche Xirosima” klubini o`z uyida qabul qildi.

Birinchi va ikkinchi bo`limlar deyarli teng kurashlar ostida o`tdi. “Bunyodkor” jamoasida gollik vaziyatlar sodir etilsada, “qaldirg`ochlar” darvoza tomon yo`l topa olishmadi. Raqib esa juda yaxshi himolandi, qarshi hujumlarda yaxshi xarakat qildi. Ikkinchi bo`lim oxirlarida “Bunyodkor” raqib darvoza oldida shiddatli xujumlar qildi.

O`yining 81 daqiqasida Zoteev kuchli zarb bilan to`pni raqib darvozasiga yo`lladi. Darvozabon to`rni qaytardi. Qaytgan to`pni Murzoev darvozaga yo`lladi. Ammo darvoza chiqig`ida himoyachilar uni qaytarib qolishdi va o`yin oxirigacha hisob ochilmadi. 0:0

Eslatib o`tamiz agarda “Bunyodkor” bugun g`alabani qo`lga kiritganda, muddatidan avval pley-off yo`llanmasini hal qilgan bo`lar edi. Ammo bugun “qaldirg`ochlarga” omad kulib boqmadi.

Bugungi durangdan so`ng “Bunyodkor” ochkolari soni to`qqiztaga etkazib guruxdagi peshqadamlikni saqlab qoldi. Ammo “G” guruxdagi holat qiyinlashdi. Endilikda 30 aprel` kuni Janubiy Koreyaning  “Poxang Stilers” klubi bilan bo`ladigan so`ngi o`yinda”Bunyodkor” mag`lubiyatga uchramasligi kerak bo`ladi.

Shunday ekan “qaldirg`ochlar” ga so`ngi o`yinda omad tilab qolamiz.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    tufta uyin, yaxshisi bu uyin bilan keyingi bosqichga chiqmagani maqul, uzlariyam sharmanda bulishadi, ularga qushilib yangi stadion ham kulgiga qoladi

  2. Gol

    уйин хам стадион хам бир гор, бир биридан колишмайди, футболчиларни уйини кандай булса стадион чимиям худди шу ахволда

  3. 159

    muallif Gol boplabsiz, maydon qanday busa uyin ham shunday buldi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social