EChL. ½ “Atletiko” – “Chelsi” 0:0

EChL. ½ “Atletiko” – “Chelsi” 0:0

Bugun “Visente Kal`deron” maydonida “Atletiko”, Londonning “Chelsi” jamoasini qabul qildi. Diego Sim`one va Joze Mourin`o o`rtasidagi duel` durang bilan yakunlandi. Endi barchasi 30-aprel`, “Stemford Brij” stadionida hal bo`ladi.

Uchrashuvning birinchi va ikkinchi bo`limlari ham juda shiddatli o`tdi. “Atletiko” o`z uyida ajoyib o`yin ko`rsatdi. Butun bir jamoa bo`lib xarakat qilishdi. Ammo ularga bu gal o`z maydolarida raqib darvozalariga to`p kiritish nasib etmadi.

“Chelsi” ushbu uchrashuvda ajoyib himoyaviy o`yin namoyish etdi. Himoyachilar deyarli “Atletiko” hujumchilariga imkoniyat qoldirishmadi. Ammo ushbu uchrashuv “Chelsi” uchun yo`qotishlarga boy uchrashuv bo`ldi. Sababi Lempard sariq kartochkasi tufayli javob uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Petr Chex va Jon Terri jiddiy jarohat olib maydonni tark etdilar. Javob uchrashuvda bu ikki muhim futbolchilar maydonga tusha oladimi yoki yo`qmi buni vaqt ko`rsatadi.

61ad3ca36e20796d1fe5b29235bf8033beecd6cb154b5e63899a2b1ccec82b37

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social