Evro 2012 final!

Evro 2012 final!

Evro 2012 birinchi yarim finalida Ispaniya terma jamoasi penaltiylar seriyasida 4:2 hisobi bilan Portugaliya terma jamoasini mag`lubiyatga uchratdi va finalga chiqdi.

O`yinning asosiy vaqti 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Aytib o`tish kerakki o`yin juda qizik tarzada va xavfli vaziyatlarga boy bo`lmadi.

Rui Patrisio va Iker Kasilyas Xabi Alonso va Joao Moutin`o tepgan to`plarni qaytarishga muvofak bo`lishdi. Keyin Bruno Alvesh tepgan to`p darvoza to`siniga tegib qaytdi va gol uraolmadi. Sesk Fabregas esa o`ziga topshirilgan vazifani ishonchlik bilan bajaraoldi va Ispaniyani Evro 2012 finaliga olib chiqdi.

1

Italiya terma jamoasi esa tarixda 3 marotaba, oxirgi 2000 yildan beri birinchi marta Evropa chempionati finaliga chiqdi.

Pol`sha xududida bo`lib o`tgan yarim final oxirgi o`yinida “Skuadra Adzurra” Mario Balotelli dubli evaziga, butun chempionat va yarim final bosqichining eng asosiy favoritlaridan birini Germaniyani mag`lubiyatga uchratdi.

Germaniya termasining yagona topini qo`shimcha vaqtda xaqam tomonidan belgilangan o`n bir metrlik jarima to`pidan Mesut Ozil kiritgan.

Aytib o`tish kerakki o`yinning favoriti Germaniya termasi bo`lgan, lekin ular Italiya terma jamoasi bilan kechgan rasmiy uchrashuvlarning birontasidayam italiyaliklar ustidan g`alaba qozonaolmagan. Eng alamli mag`lubiyatni “Skuadra Adzurra” dan “bundestim” o`z uyida o`tkazilgan 2006 yil Jaxon Chempionatining yarim finalida 2:0 hisobida olgan mag`lubiyati.

2

Shunday qilib Evropa chempionatining final o`yinida 1 iyul kuni Ispaniya va Italiya terma jamoalar o`zaro baxs olib borishadilar. O`yin Kievda Olimpiyskiy maydonida bo`lib utadi.

Italiya va Ispaniya jamoalar oldin ham chempionat boshida o`zaro uchrashishgan, Evro 2012 guruh o`yinlari birinchi bosqichida 1:1 hisobi bilan to`gagan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social