Evro-2016: Saralash bosqichida qur`a natijalari

Evro-2016: Saralash bosqichida qur`a natijalari

Bugun Frantsiyaning Nitstsa shahrida “Evro-2016″ning saralash bosqichiga qur`a tashlash marosimi o`tkazildi. Unda musobaqaning final bosqichiga yo`l olish uchun kurash olib boradigan terma jamoalar guruhlarga ajratildi.

Terma jamoalar quyidagi guruhlarga ajratildi:
A guruhi: Gollandiya, Chexiya, Turkiya, Latviya, Islandiya, Qozog`iston.
B guruhi: Bosniya va Gertsegovina, Bel`giya, Isroil`, Uel`s, Kipr, Andorra
C guruhi: Ispaniya, Ukraina, Slovakiya, Belarus, Makedoniya, Lyuksemburg
D guruhi: Germaniya, Irlandiya, Pol`sha, Shotlandiya, Gruziya, Gibraltar
E guruhi: Angliya, Shveytsariya, Sloveniya, Estoniya, Litva, San-Marino
F guruhi: Gretsiya, Vengriya, Ruminiya, Finlyandiya, Shimoliy Irlandiya, Farer orollari.
G guruhi: Rossiya, Shvetsiya, Avstriya, Chernogoriya, Moldova, Lixtenshteyn
H guruhi: Italiya, Xorvatiya, Norvegiya, Bolgariya, Ozerbayjon, Mal`ta
I guruhi: Portugaliya, Daniya, Serbiya, Armaniston, Albaniya.

Saralash uchrashuvlari shu yilling 7-9 sentyabr oyidan boshlanadi. Ilk pley-off uchrashuvlari, 2015 yil 12-14 noyabr`, javob uchrashuvlari esa 15-17 noyabr kuni bo`lib o`tadi.

“Evro-2016” final bosqichi uchrashuvlari esa, 2016 yil 10 iyun`-10 iyul` gacha Frantsiyaning o`nta shaharlarida bo`lib o`tadi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. omon

    evropa futbolga gap you, xale 2014 dunyo chempionati boshlanmadi, ammo uje 2016 uchun jamoalar uz gruxlarni eggalagan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social