FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish mumkin

FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish mumkin

Ko’plab futbol ishqibozlar telekanalni yuqori sifatli tasvirda kuzatish istagini bildirgani e’tiborga olingan holda endilikda FUTBOL TV telekanali HD (High-Definition) formatda tomosha qilish imkoniyati yaratildi.

Yurtimiz futbol muxlislariga yaxshi ma’lum, 2017-yilning aprel oyidan O’zbekistonda ilk bor futbolga ixtisoslashgan FUTBOL TV telekanali o’z faoliyatini boshladi. Bugungi kungacha telekanal Yevropaning eng nufuzli – YECHL, YEL, APL va La-Liga kabi futbol musobaqalari shuningdek, futbolga ixtisoslashgan teleko’rsatuvlarini xalqimiz e’tiboriga havola etib kelmoqda.

O’tgan davr mobaynida tomoshabinlar fikr mulohazalari telekanal xodimlari tomonidan muntazam tarzda o’rganib borildi. Ko’plab futbol ishqibozlar telekanalni yuqori sifatli tasvirda kuzatish istagini bildirgani e’tiborga olingan holda endilikda FUTBOL TV telekanalini HD (High-Definition) formatda tomosha qilish imkoniyati yaratildi.

FUTBOL TV telekanali tomoshabinlari uchun uch asosiy yangilik yaratildi.

Birinchidan: DVB-T (birinchi avlod tyuneri) qurilmasidan foydalinib kelgan tomoshabin endilikda o’z qurilmasida “qidiruv” berish orqali FUTBOL TV telekanalini topishi va kuzatib borishi mumkin. Avval birinchi avlod tyunerlarida bunday imkoniyat bo’lmagani va bu o’z o’rnida ba’zi noqulayliklarni keltirib chiqarganini ta’kidlab o’tish lozim.

Ikkinchidan: FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish uchun DVB-T2 (yangi avlod tyuneri) qurilmasidan foydalanayotgan tomoshabin “qidiruv” berish orqali FUTBOL TV HD telekanalini topishi va kuzatib borishi mumkin.

Uchinchidan: FUTBOL TV telekanali endi kunduzi soat 10:00 dan kechasi soat 3:00 gacha efirga chiqadi.

Shuni qo’shimcha qilish kerak, telekanal mutasaddilari muntazam tarzda muxlislardan kelib tushayotgan fikr va takliflarni kuzatib, ularni o’rganib chiqmoqda. FUTBOL TV telekanali kelajakda ham xalqimiz uchun qulayliklar yaratish maqsadida mehnat qilishda davom etadi.

Manba: uzreport

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bittasi

    Endi bunga HD televizor sotib olish kerak ekandee..)))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social