Germaniya finalda! Germaniya Meksikaga imkon qoldirmadi (+video)

Germaniya finalda! Germaniya Meksikaga imkon qoldirmadi (+video)

Konfederatsiya kubogi ikkinchi yarim finalida Germaniya va Meksika terma jamoalari final yo’llanmasini hal qilish uchun maydonga tushushdi. Uchrashuvda Germaniya terma jamoasi futbolchilari tezkor gol kiritishga muvaffaq bo’lishdi. Gol muallifi Goretsko Leon.

Uchrashuvning 8 daqiqasiga kelib Goretsko hisobni 2:0 ko’rinishiga olib keldi. Ikkinchi goldan keyin Meksikaliklar to’pni o’zlarida ushlab turishda ustunlik qilishdi, hatto darvozalarga berilgan zarbalar hisobi bo’yicha ham nemislardan ustunlik qilishdi, lekin birinchi bo’limda hisob boshqa o’zgarmadi. Jamoalar tanaffusga 2:0 hisobida chiqib ketishdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo’limi ham Meksikaliklar ustunligi ostida boshlandi. Lekin har qancha urunishmasin, Ter Shtegen qo’riqlayotgan darvozani ijg’ol qilishaolmadi. Germaniya terma jamoasi futbolchilari himoyada mustahkam turishdi. Ularning ba’zi ba’zida uyushtirib turgan qarshi hujumlari Meksika pasboni qo’riqlayotgan darvozasi oldida ancha xavfli tus olardi. Shunday hujumlardan birida, aniqrog’i uchrashuvning 58 daqiqasida Verner Timo hisobni 3:0 ko’rinishiga olib keldi.

O’yin tugashiga bir daqiqa qolganida meksikaliklardan Fabian Marko Ter Shtegen qo’riqlayotgan darvozani ijg’ol etaoldi. Lekin ko’p o’tmay nemislar meksikaliklar darvozasiga to’rtinchi golni kiritishga muvaffaq bo’lishdi. Shu tariqa uchrashuv 4:1 ko’rinishida o’z yakuniga etdi. Uchrashuv to’liq tafsilotini quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin:

Germaniya – Meksika 4:1

Ushbu natijadan keyin Germaniya terma jamoasi Konfederatsiyalar kubogi finalida Chili terma jamoasi bilan kuch sinashadigan bo’lishdi. Meksika terma jamoasi esa Portugaliya termasi bilan uchinchi o’rin uchun maydonga tushishadi. Konfederatsiyalar kubogi final bosqichi 2 iyul kuni Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida bo’lib o’tadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social