Mag`lubiyat+G`alaba=?

Mag`lubiyat+G`alaba=?

Kecha nafaqat yurtimiz futbol muxlislari, balkim, barcha yurtdoshlarimiz televizor oldida yig`ilishganlari shubxasiz. Chunki kecha bizni qizziqtirgan ikki ajoyib uchrashuvlar bo`lib o`tdi.

Osiyo chempionati yarim finalidan o`rin olgan Janubiy Koreya (U19) – O`zbekiston (U19) uchrashuvi bo`lib o`tdi va O`zbekiston U-19 terma jamoasi Osiyo chempionatidagi yurishini yarim finalda to`xtatdi. Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushgan futbolchilarimiz musobaqadagi ilk mag`lubiyatni qabul qilib olishdi.

Birinchi bo`limning o`zidan jamoamiz uchun biroz omadsiz keldi desak adashmaymiz. Chunki birinchi bo`lim o`zidayoq murabbiylarimiz ikkita majburiy almashtirishni bajarishlariga to`g`ri keldi. Birinchisi 30-daqiqada Ixtiyor Toshpo`latov o`rniga Abdullox Olimovni maydonga tushirishdi. Birinchi bo`lim so`nggi yarimida himoyachimiz Sardor Sobirxo`jaev oyog`idagi og`riq tufayli vaqtli maydonni tark etdi. Shunga qaramasdan futbolchilarimiz birinchi bo`limda darvozalari daxlsizligini saqlay bilishdi. Lekin o`zlariyam Janubiy Koreya darvozalariga gol ura olishmadi. Birinchi bo`limda hisob ochilmadi 0:0.

Barcha gollar ikkinchi bo`limda uruldi. 50-daqiqada hisob ochildi. Burchak to`pidan so`ng Xyun to`pni boshi bilan jarima maydoni markaziga uzatgan to`pni Kang Sang Vu erga tekkazib darvozaga yo`lladi, to`p erga tegib Omonovni ustidan darvozaga borib tushdi – 1:0. 61-daqiqada bosh hakam Kozak o`z jarima maydoni ichida Kang Sang Vuni yiqitdi deb topdi va penal`ti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini Chang Jin Mun tepib gol kiritdi – 2:0.

Ikkinchi gol o`tkazib yuborilgach futbolchilarimiz hujumga tashlanishdi. 66-daqiqada Igor` Sergeev Je Mindan qaytgan to`pni egallab olib yiqilayotib darvozaga aniq yo`llay oldi – 2:1. Bu gol hujumchimiz uchun musobaqadagi 7-gol bo`ldi.  Oradan 12 daqiqa o`tgach, o`yinning 78-daqiqasida yana o`sha Vu jarima maydonchamiz ichida kuchli zarba berib hisobni 3-1 ga olib keldi. O`yin yakunlanishi arafasida jamoamiz futbolchilari Abbos Maxstaliev, Temur Hakimov va Sergeevda imkoniyat bo`lgandi, ammo ularning hatti harakatlari gol bilan yakunlanmadi.

Shunday qilib yoshlar terma jamoamiz Osiyo chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi. Finalga chiqa olmagan bo`lsalarda asosiy vazifa Jahon chempionatiga chiqishni uddalashdi. Keyingi yil bu jamoaga Jahon chempionatida omad yor bo`lishini tilab qolamiz!

Shu kuni yana biz uchun yana bir muhim uchrashuvlardan biri bo`lishi kutilgandi.

JCh-2014 saralashi doirasidagi Eron – O`zbekiston uchrashuvi bo`lib o`tdi. Dastlabki daqiqalarda maydon egalari ustunlikni o`z qo`llariga olishga harakat qilishdi, va buning natijasida 14-daqiqada gol urishdi, bu vaziyatda Andranik Teymurian darvozamizga to`p kiritdi, ammo Nesterovni oldida turib olgan Nuri o`yindan tashqari holatda bo`lgani sababli hakamlar golni hisoblashmadi. Bundan boshqa ikkala darvoza oldida aytarlicha xavfli xujum bo`lmadi va birichni bo`limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo`lim boshidan ikkala jamoada ham g`alaba uchun harakat qilishdi. Birin ketin jamoalar xavfli xujumlar uyushtira boshlashdi. Aytish mumkinki, ikkinchi bo`limda jamoamiz futbolchilarining hatti xarakati ancha ishonarli ko`rindi. Va bu sayi harakatlar natijasida 71-daqiqada hisob ochildi. Jeparovning jarima maydoniga uzatib bergan to`pini Ulug`bek Baqoev bir harakat bilan raqib darvozasiga yo`lladi – 0:1. Ushbu gol o`yinda yagona gol bo`lib qoldi va Mirjalol Qosimov shogirdlariga JCh-2014 saralash 4-bosqichidagi muhim g`alabani keltirdi.

O`yin oxirlariga kelib, aniqrog`i 82-daqiqada Baqoevni o`rniga boshqa bir hujumchi Geynrix maydonga tushdi. 90+2-daqiqada Eronlik futbolchi Nuri yana o`yindan tashqari holatda gol urdi, hakamlar bu safar ham golni hisobga olishmadi. Qolgan vaqtda vakillarimiz ushbu hisobni saqlab qoldik va tarixiy g`alabani qo`lga kiritdik. O`zbekiston ilk marta Eronni mag`lub etdi!

Shunday qilib, JCh-2014 saralash 4-bosqich 6-tur uchrashuvlaridan so`ng O`zbekiston milliy terma jamoasi hisobidagi 8 ochko bilan “A” guruhida peshqadam bo`lib oldi. 2-4-o`rinlarni band etib turgan Janubiy Koreya, Eron va Qatar terma jamoalari hisobida 7tadan, guruh autsayderi Livan terma jamoasida 4 ochko bor.

A Guruhi

  O`   Yu   D   M   T-N   O
O`ZBEKISTON 5 2 2 1 6-4 8
JANUBIy KOREYa 4 2 1 1 9-4 7
ERON 5 2 1 2 2-2 7
QATAR 5 2 1 2 3-6 7
LIVAN 5 1 1 3 2-6 4

Saralash bosqichidagi navbatdagi o`yinlar 2013 yilda bo`lib o`tadi. 26 mart kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Livan bilan bahs olib borsa, Janubiy Koreya o`z maydonida Qatarni qabul qiladi; Eron terma jamoasi dam oladi.

Milliy terma jamoamizga saralash bosqichidagi qolgan o`yinlarida omad tilaymiz.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. DjShox

    O’yin zo’r bo’ldi. Barakalla O’zbekiston!!! Albatta yoshlar ham finalga chiqqanda zo’r bo’lar edi-yu, lekin shunisiga ham shukur qilaylik. Chunki ular Jahon chempionatiga zato chiqdiku!!!

  2. Azim

    Mag’lubiyat+F’alaba=Jahon Chempionati! Ura! Ura! Ura!

  3. Gol

    койил Азим :)!

  4. Fozil

    mana o’ynasa bo’larkanu, qoyil/ lekin yoshlarimiz yaxshi o’yin ko’rsataolmadi, janubiy koreyadan oldingi jamoalarni saviyasi uncha yaxshi emas edi, haliyam biz yaponiya, janubiy koreya, yoki iroq kabi jamoalar guruhiga tushib qolmadu, agar shular bilan bir guruhdan joy olganimizda bormi, guruhdan chiqish haqida o’ylashi keragisiyam yo’q edi, haliyam bahtimizga C guruhidan joy olibmiza

  5. Spartak

    Fozil man ham shu fikrdaman, yoshlarimizzi omadi keldi deyish mumkin, sababi ular joy olgan guruhdagi yoshlar termasi saviyasi aytgudek darajada yaxshi emas, bu faqat omad,

  6. Spartak

    milliy termamizning o’yini esa bu haqiqiy mahorat+tajriba+OMAD

  7. Номаълум

    lekin gap yoq uzbekiston futbolchilarga Uzbekiston futbol 100 yil bayramiga katta sovga buldi. milliy terma jamoaga esa OMAD!!!

  8. uzboy

    olg’a Uzbekiston! futbolchilarimizga gap yoq, ancha uzgarish bor!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social