“Manchester Siti” jamoasi “Manchester Yunayted” ni mag’lubiyatga uchratdi

“Manchester Siti” jamoasi “Manchester Yunayted” ni mag’lubiyatga uchratdi

Angliya premer-ligasining 16-turida “Old Trafford” stadionida “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” jamoalari o’zaro to’qnash kelishdi. Mazkur derbida “Xose Gvardiola” shogirdlari 2:1 hisobida g’alaba qozondi.

43-daqiqada “Siti” (David Silva) hisobni ochdi . Shunga qaramay, “MU” tanaffusdan oldin darvozaga to’p urishga muvaffaq bo’ldi va shu tariqa Marcus Rushford hisobni tenglashtirdi. 54-daqiqada esa “shaharliklar” g’alaba to’pini kiritishdi va hal qiluvchi to’pni Nikolas Otamendi urdi.

IMG_7594Ushbu g’alaba “Manchester Siti” Premer-ligada “Manchester Yunayted” dan 11 ochko o’tib ketishini ta’minladi.

Angliya chempionatining 16ta o’yinida “Manchester Siti” 15 g’alabani qo’lga kiritdi va bir marotaba durrang natijaga erishdi. Shuningdek, jamoa 14ta o’yindan beri ketma-ket g’alaba qozonmoqda.

IMG_7597“Manchester Yunayted” 1: 2 “Manchester Siti”
43 “David Silva (0: 1)
45 + 2 Reshford (1: 1)
54 ‘Otamendi (1: 2)

“Manchester Yunayted”: De Xea, A.Valensiya, Rojo (Lindelof, 46), Smalling, E.Yang, Matic, Ander Herrera (Xuan Mata, 82), Lingard (Ibragimovich, 76), Lukaku, Marsiyal, Reshford.

“Manchester Siti”: Ederson Moraes, Kompani (Gyundogan 46), Otamendi, Walker, David Silva, Fernandino, Delf, De Bruyne, Sterling, Sane (Bernardo Silva, 88), Gabriel Jezus (Mangala, 59).

Ogohlantirishlar: Roxo, 36; Rashford, 63; Ander Herrera, 79; E.Yang 90 – Walker, 4; David Silva, 73.

10-Dekabr, 2017. Stadion, “Old Trafford”, Manchester. Angliya chempionati 2017/2018, 16-tur.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social