MDH kubogining gugruh bosqichini yoshlarimiz durang natija bilan yakunladi.

MDH kubogining gugruh bosqichini yoshlarimiz durang natija bilan yakunladi.

21 yanvar`, dushanba kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan MDH Kubogi-2013 «V» guruhi 3-tur uchrashuvlari start oldi. Shu kuni Ahmadjon Musaev qo`l ostidagi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Qirg`iziston yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O`zbekiston va Qirg`iziston yoshlar terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda hisob 25-daqiqa O`zbekiston yoshlar terma jamoasi yarim himoyachisi Ixtiyor Toshpo`latov tomonidan ochildi, biroq birinchi bo`lim yakunlanishiga 4 daqiqa qolganida Asilbek Omonov o`z darvozasidan gol o`tkazib yubordi – javob goli Qirg`iziston yoshlar terma jamoasi himoyachisi Valeriy Kichin hisobiga yozildi.

Ikkinchi bo`limning 57-daqiqasida esa Qirg`iziston yoshlar terma jamoasi hisobda oldinga chiqib oldi. «Dordoy» hujumchisi Qayumjon Sharipov tomonidan urilgan gol hisobning 2:1 ko`rinish olishini ta`minladi.

Shundan so`ng Ahmadjon Musaev jamoada birdaniga 6ta o`zgarishni amalga oshirdi. Maydonga Maxstaliev, Kozak,  Sergeev, Iskanderov, Abdumo`minovlarga qo`shib, zaxira darvozaboni Bahodir Mirsoatov ham tushirildi. Bu futbolchilar maydonga tushganidan 10 daqiqa o`tib, 71-daqiqada hisob tenglashdi. Temur Hakimov musobaqadagi o`zining ilk goliga mualliflik qildi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang natija bilan yakuniga etdi.

Ushbu natijadan so`ng O`zbekiston yoshlari «V» guruhida  peshqadamga aylandi.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    бизга фарки йук, дуранг билан бошлаб, дуранг билан якунлашадими, ишкилиб кубок билан кайтишса булди

  2. game_uz

    to’g’ri, bizga kubok muhim, yana yutqazib qo’yib, bunga sabab qilib, to’pni yumaloqligini, yoki maydondagi chimmi yashil rangdaligi, yoki bo’masam hamma narsani bechora “OMAD” ga yuklab kemalaring

  3. блэйд

    ман хам шу фикрларинга кушиламан, бизикила кубокки олишийи кере

  4. Gol

    бугунги уйинда Ёшларимизга омад тилайман! Кимни хабари бумаса, бугун соат 20:00 да Россия ва Узбекистон ёшлари МДХ кубоги чорак финал уйини булиб утади

  5. Номаълум

    спорт канали оберадими бу уйинни?

  6. game_uz

    bolla, yuqoridagi commentlarim uchun uzr suriyman, hozirgina o’yinni ko’rdim, ofarin, juda yaxshi o’yin bo’ldi, to’g’risi uyatdaman aytgan so’zlarim uchun,

  7. Gol

    Россия – Узбекистон 2:0! Россия ярим финалда! Уйин учун катта рахмат боллага, хакикатданам жуда чиройли уйин булди, лекин афсус омад бу сафар Россия футболчилари томонида эди

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social