OCHL-2017. “Bunyodkor” ham mag’lubiyatga uchradi

OCHL-2017. “Bunyodkor” ham mag’lubiyatga uchradi

Bugun Osiyo Chempionlar Ligasi 1-tur o’yinida, “Al Ahli” – “Bunyodkor” jamoalari maydonga tushishdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq mezbonlar jarima to’piga ega bo’lishdi. Al Somaning zarbasi darvoza to’siniga tegib qaytdi. 12-daqiqada Michich qo’pol xatoga yo’l qo’ydi, Umar Al Soma to’pni egallab jarima maydoni ichiga kirib borib zarba berdi, noaniq. Keyingi daqiqada hisob ochildi. Akrom Komilov to’pni darvozabonga oshirgandi biroq pas kuchsiz chiqdi va uni Al Soma egallab olib birga bir vaziyatda Zuhurovni ojiz qoldirdi – 1:0.

Ikkinchi bo’lim boshida Rustamjon Ashurmatovning xatosidan so’ng Salmon Muvashar boshi bilan gol urdi – 2:0. Shundan keyin “Bunyodkor” azolarida juda ko’plab vaziyatlar bo’ldi, biroq ularning barchasini darvozabon qaytardi.

Keyingi o’yinni Bunyodkor jamoasi BAAning “AL-Ain” jamoasiga qarshi olib boradi. O’yin 28-fevral kuni Toshkentdagi Bunyodkor stadionida bo’lib o’tadi.

“AL-AHLI” (Saudiya Arabistoni)  2:0  “BUNYODKOR” (O’zbekiston)

Gollar: Umar Al Soma 13, – 1:0. Salmon Muvashar 53, – 2:0.

Tarkiblar: 

“Al Ahli”: 1.Yosir Al Musaylim, 7.Salman Muvashar, 8.Taysir Al Jassim, 9.Umar Al Soma (14.Muhannad Asiri, 90+3), 10.Yannis Fetfatcidis (47.Mustafo Al Bassas, 70), 13.Muhammad Abdulshafi, 23.Said Al Muvallad, 25.Mutaz Havsavi, 30.Said Rubaie, 45.Abdulfattoh Tavfiq (11.Hussayin Al Moqahvi, 77), 55.Saad Abdulamir

“Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 7.Dushan Michich, 8.Javlon Ibrohimov, 9.SHahzodbek Nurmatov (11.Vadim CHemirtan, 55), 10.Eldor SHomurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Nurillo To’xtasinov (97.Javohir Esonqulov, 71), 21.Dilshodbek Ahmadaliev, 29.Otabek SHukurov (16.Alisher Sanoev, 61).

Manba: championat.asia
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social