OFK Chempionlar Ligasi!

OFK Chempionlar Ligasi!

Osiyo chempionatlar ligasida ishtirok etayotgan klublarimiz “Paxtakor” futbolchilari mexmonda 1:0 hisobi bilan “Al-Arabi” (Qator) klubini ustidan g`alaba qozonib kelishdi.

To`rtinchi bosqichdan keyin “Paxtakor” futbolchilari etti ochko bilan “V” guruhda ikkinchi o`ringa ko`tarildi. Endi bizning yurtdoshlarimiz 2 may kuni Toshkentda Saudiya Arabistondan “Al-Ittixod” bilan kuch sinashadi.

“Jar” maydonida poytaxtning “Bunyodkor” klubi to`rtinchi OFK Chempionlar ligasi o`yinlarida yaponiyaning “Gamba Osaka” klubi ustidan 3:2 hisobi bilan ustun keldi.

Bu turda “Bunyodkor” qiyin uchrashuvda g`alaba qozondi. 6 ochko bilan, O`zbekiston chempioni OFK Chempionlar Ligasi pley-offga bosqichiga chiqish uchun o`zining imkoniyatlarini yaxshiladi.

Lekin “Nasaf” futbolchilari esa ikkinchi safar ham Qatorlik “Al-Rayana” klubidan mag`lubiyatga uchrashdi.

Ikki hafta oldin “Al-Rayana” o`zining maydonida O`zbekiston 2011 chempionatining kumush medali sovrindorini 3:1 hisobi bilan mag`lubiyatga uchratdi, Qarshida esa qatorlik jamoaga faqatgina bitta gol etardi.

Ro`ziqul Berdiev shog`irdlari to`rtinchi bosqichdan so`ng o`zining aktivida atiga bir ochkoga ega bo`lib, musobaqa jadvalini yopishdi.

2 may kuni Qarshiliklar mehmonda guruh peshqadami “Al Djaziro” bilan uchrashadilar, ular esa o`tgan tur guruh bosqichida “Istiqlol” bilan durang o`ynab o`z ochkolarini yuqotdi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social