O`smirlarimiz Jahon chempionati bahslarini nimchorak final bosqichida yakunladi

O`smirlarimiz  Jahon chempionati bahslarini nimchorak final bosqichida yakunladi

BAA mamlakatida o`smirlar o`rtasidagi jahon chempionati nimchorak final bahsida Gonduras va O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi uchrashuvida 1:0 hisobi qayd etildi va O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Jahon chempionati bahslarini nimchorak final bosqichida yakunladi.

Bo`lim boshlaridan har ikkila jamoa ham tashabbusni o`z qo`liga olishga intildilar. O`yin teng kurashlar ostida boshlandi. O`yining 24 daqiqasida O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi himoyachisi Akrom Komilov o`yindagi ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi. Terma jamoamiz maydonda 10 kishi bo`lib qolganiga qaramay, Gondurasliklar birinchi bo`limda hisobni o`zgartira olishmadi. 0:0

Ikkinchi bo`limda maydonda bir kishi ko`p bo`lib harakat qilgan Gonduras o`smirlar terma jamoasi ko`proq hujumlar tashkil etishdi. Mana shunday hujumlardan biri o`yinning 74 daqiqasida o`z samarasini berdi va hisob ochildi. Gonduras o`smirlar terma jamoasi yarim himoyachisi Al`varo Velaskez chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib to`pni zahiradan maydonga tushgan Xorxe Boddenga etkazib berdi. Gonduraslik hujumchi esa bu imkoniyatdan samarali foydalandi va to`pni Sarvar Karimov qo`riqlayotgan darvozaga joylab qo`ydi.

O`yinning qolgan daqiqalarida o`smirlarimiz bir nechta hujumlar uyuushtirdilar ammo hisobni tenglashtira olmadilar. Shu tariqa O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi uchun jahon chempionati yakuniga etdi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    afsus (((

  2. Faruh

    mdaaa, mayli shunchalik chiqishdi-kuu, molodsi rebyata

  3. nodir

    Ўйин тенг курашлар остида бошланди. – xecham da, uyin Gonduras kuchliroq edi, kancha xujumlarni tashkilashtirdi, uzbekiston faqat himoyada utirgan. uzbelar qancha sariqlarni olganlar?

  4. Исмингиз

    poigrali i xvatit, vidimo nashi komandi nikogda ne doidyt daje do polyfinala v futbole!

  5. jamol

    yaxshi bo’pti smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social