O`zbekiston futboliga 100 yil!

O`zbekiston futbol federatsiyasi 2012 yilda bo`lib o`tadigan o`zbek futbolining 100 yillik yubileyini nishonlash tadbirini rejalashtirmoqda.

small;”>Futbol federatsiyasining ijroiya komiteti rejalariga ko`ra, yurtimizda futbolning 1912 yilda paydo bo`lishi va shu yili unga 100 yil to`lishi munosabati bilan respublika bo`ylab bir qancha tadbirlar o`tkazilishi qaralmoqda.

Hujjatlarga qaraganda, aprelgacha yubiley nishonlanish joylarini aniqlash va tadbirning stsenariyalari qabul qilinishi kerak. Mart oyidan may oyigacha futbol Federatsiya vakillari, taniqli futbolchilar va sport jurnalistlarining mamlakatning barcha viloyatlarda tashrifi tashkillashtiriladi.

Mart oyida o`zbek futboli yubileyi logotipi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerak, keyinchalik bu logotip suvernirlarda, pechatlarda va futbolning 100 yillik yubileyi reklama mahsulotlarida dizayn sifatida va rasmiy futbolchilarning sport kiyimlarida ishlatilishi shart. Iyuldan O`zbekistonning barcha viloyatlarida futbolning 100 yilligiga bag`ishlangan ko`chma fotoko`rgazma tadbiri rejalashtirilmoqda.

Iyun oyidan boshlab o`zbek futbolining 100 yillik yubiley munosabati bilan respublika bo`ylab futbol musobaqalariga start beriladi. Yozning birinchi oyida mamlakatning hamma viloyatlarida 1999, 2000 va 2001 yillari to`g`ulgan yoshlar o`rtasida uchrashuvlar bo`lib o`tadi. Iyul – sentyabr oylarida davlat idoralari, xuquqni muxofaza qiluvchi organlari, ommaviy axborot vositalari, hamda futbol veteranlari o`rtasida musobaqalar tashkillashtiriladi.

Avgust oyida o`zbek futbolining vatani deb sanalmush Qo`qon shahrida futbol yubileyga bag`ishlanib xotira yodgorligi qo`yiladi.

Yubiley  tadbirida Toshkentda evropa jamoalaridan biri bilan o`rtoqlik uchrashuvi belgilangan. Futbol federatsiyasi axbarot – xizmati xabari berishicha, tadbir marosimlarda FIFA, OFK va boshqada futbol federatsiyalaridan vakillari ishtirok etishadi.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    Europaning qaysi jamoasi bilan o’rtoqlik uchrashuvini o’ynashmoqchi?

  2. Азим

    Роса зур тадбирлар булиб утаркану, тайёргарлик зур! Жахон чемпионатида иштирок этийли де ишкилиб

  3. nodir

    naxotki uzb futboliga 100yil buladi?men bilmaganman,yaxshi yangilik!

  4. Номаълум

    ха 100 ийл ичида узбекистон футболи жуда яхши кутарилди!

  5. jasur

    ofarin!!! futbolimizning 100 yiligi muborak bulasin

  6. Номаълум

    олга узбекистон футболи.янги чукилларни эришинглар!

  7. jahon

    naxotki uzbekiston futboli 100 yilga tuldi? nama shuni bayram desa buladi! buni nishonlash albatta kerak!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social