O’zPFLning Oliy Liga uchrashuvlari to’g’ridan-to’g’ri internet orqali translyatsiya qilinadi.

O’zPFLning Oliy Liga uchrashuvlari to’g’ridan-to’g’ri internet orqali translyatsiya qilinadi.

O’zbekiston Futbol Federatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamda Shveytsariyada joylashgan “Empower Sports” kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi loyihani amalga oshirish borasida shartnoma imzoladi.

Unga ko’ra, ikkinchi davradan boshlab O’zPFLning Oliy Liga uchrashuvlari to’g’ridan-to’g’ri internet orqali translyatsiya qilinadi. O’zbekiston Futbol Federatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasining qit’ada Ligalarni rivojlantirish dasturini o’rganib chiqib, ushbu loyihada ishtirok etish istagini bildirdi.

O’zbekiston Chempionati uchrashuvlarini to’g’ridan-to’g’ri translyatsiyalari “Empower Sports” kompaniyasiga tegishli Mycujoo.tv saytida, Oliy Liga klublari rasmiy saytlari, ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida bir paytning o’zida translyatsiya qilinadi.

Manba: pfl.uz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social