Paxtakorning muhim g`alabasi

Paxtakorning muhim g`alabasi

2013 yil Osiyo Chempionlar ligasining 1-tur uchrashuvida “Paxtakor” “Al-Ittifoq” ni o`z uyida qabul qildi. Birinchi bo`lim  boshlarida jamoalar bir-birlarini o`rganishdi.  O`yin o`rtalariga kelib “Paxtakor” jonlandi va jamoada bir nechta imkoniyatlar bo`ldi, ammo zarbalar noaniq. 41-daqiqada mehmonlar hisobni ochishga juda yaqin kelishdi. Chap qanotdan oshirib berilgan to`pni Yahyo Al Shehri yaqin masofadan darvozaga yo`lladi, to`p darvoza ustuni yonidan o`tib ketdi. Birinchi bo`limga qo`shib berilgan ikki daqiqaning dastlabkisida Andreev hisobni ochishi mumkin edi. Biroq nima uchundir futbolchi darvozaga zarba berishda biroz kech qoldi, natijada to`pni darvozabon qaytardi.

“Paxtakor” ikkinchi bo`limni ancha faol tarzda boshladi. Oganesyan chap qanotdan to`pni jarima maydoniga oshirdi, Sergeevning boshi bilan bergan zarbasi darvozabondan o`tdi, ammo himoyachi to`pni qaytardi. 61-daqiqada Kaxi Maxaradze o`z jarima maydoni ichida raqibni yiqitgani uchun bosh hakam penal`ti belgiladi. Yahyo Al Shehrining zarbasini Lobanov qaytardi va butun stadion larzaga keldi. 71-daqiqada  zaxiradan maydonga Temurxo`ja Abduxoliqov tushdi. Oradan ikki daqiqa o`tib aynan Temurxo`ja hisobni ochdi! Jarima to`pini Kozak darvozaga yo`lladi, to`pni darvozabon dastlabki urinishda ushlab qola olmadi, uni yonida turgan Abduxoliqov osongina darvozaga yo`lladi – 1:0. Ushbu natija o`yin oxirigacha o`zgarmadi. “Paxtakor” o`z maydonida muhim g`alabaga erishdi.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. aleks aleks

    Gap yo’q o’yin bo’ldi. Pahtakor olg’a!!!!

  2. rustambek

    barakala PAhtakor!!! bular ekan yaxshi uynasa!

  3. Номаълум

    бир амаллаб ютишди, омади келди десаям булади, лекин бу пахтакорнинг бу йилдаги биринчи жиддий уйини, хали хаммаси олдинда, бу йил хам чемпион бусин ишкилиб, Пахтакор биз сен билан

  4. Gol

    биринчи уйин учун бу яхши натижа, футболчиларимизни галабага буган иштиёки бугун манга жуда ёкди, агар бу йилги мавсумни шундай кайфиятда утказишса, яхши натижаларга эришиши аник

  5. chempion

    Qiyin bo’ladimi, omad yoki boshqa narsami eng muhimi g’alaba qozongani.

  6. Dj

    Paxtakor ilk o’yinni juda yaxshi o’ynadi. boshlanishi shakki emas. Kelasi o’yinda ham omad tilayman.

  7. Atham

    Bizda klublar bu yilgi mavsumini yaxshi boshladi. Paxtaor ham Bunyodkor ham g’alaba qozondi. Lekin O’zbekiston milliy terma jamoasi bu yilgi mavsumni o’z maydonida durang bilan boshladi. jahon chempioaniti 2014 ga chiqadideb umid qilamiz.

  8. Gol

    тугри айтасиз Атхам – буни барча орзу киб кутмокда, лекин миллий терма жамоамиз бу уйини билан ЖЧ 2014 чикиши жуда кийин масала, нимаям килардик, миллий терма жамоамиз галабаларига умид килишдан бошка хеч кандай ёрдам бераолмаймиз smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social