Ravshan Ermatov uchun 3 chi katta xalqaro final!

Ravshan Ermatov uchun 3 chi katta xalqaro final!

O`tgan jaxon birinchiligida ko`pchilik tomonidan eng yaxshi xakam deb e`tirof etilgan FIFA referisi O`zbekistonlik Ravshan Ermatov klublar o`rtasida bo`lib o`tgan jaxon chempionati finalida xakamlik qildi.

Bu yil Ravshan Ermatov uchun 3 chi katta xalqaro final o`yinlarini boshqarishi: yanvar oyining oxirida Osiyo  Kubogi xal qiluvchi o`yini Yaponiya va Avstraliya terma jamoalari, noyabr oyida Osiyo chempionlar ligasi finali “Al`-Sadd” va “Chonbukom” klublari o`rtasida kechgan uchrashuvlarni boshqargan.

Klublar o`rtasidagi jaxon birinchiligi final o`yini 18 dekabrda Yaponiyada “Barselona” va “Santos” jamoalari o`rtasida bo`lib o`tdi. Ravshan Ermatovga yon chizziqlarda Abduhamidullo Rasulov va Baxadir Kuchkarovlar yordam berishdi.

Aytishimiz mumkinki o`yinning birinchi bo`limining o`zidayoq  “Barselona” jamoasi o`yin taqdirini o`z foydasiga hal qilib qo`ydi. Birinchi bo`limning o`zidayoq “Barselona” jamoasi “Santos” jamoasi darvozasini 3 marta ishg`ol qilishga muvofaq bo`lishdi. O`yinning 17 – daqiqasida Lionel Messi o`yindagi hisobni ochdi. 24 – daqiqada Xavi, birinchi bo`lim oxirida esa Sesk Fabregas o`yindagi uchinchi golni kiritdi. Lionel Messi o`yinda o`z dubliga 82 – daqiqada erishdi.

Bu g`alaba “Barselona” jamoasini bu musobaqa rekordsmeni qildi: kataloniya klubi birinchilardan bo`lib bu musobaqaning ikki karra g`olibi bo`ldi. Hamyurtimiz Ravshan Ermatov esa ikkinchi marotaba bu musobaqaning final o`yinini boshqardi. Hamyurtimizga kelgusida ham jaxon birinchiligida hal qiluvchi o`yinlarni boshqarishini tilab qolamiz!

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. нодир

    Равшан Эрматовга яна куп шунака уйинларни обориш насиб килсин. молодец уз ишини билади!

  2. умид

    мана бу билан фахрланса булади!

  3. freeman

    яхшику, лекин кейин Равшан бошка давлатга кетмасин. чунки у ва бошка кобилиятли уйинчиларимиз тушайфи, Узбекистон дунё даражасигача кутарилиши мумкин…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social