Real ham nemis mashinasiga dosh beraolmadi

Real ham nemis mashinasiga dosh beraolmadi

Dortmundning «Borussiya» klubi Evropa Chempionlar ligasi dastlabki yarim final o`yinida Madridning «Real» jamoasini mag`lubiyatga uchratdi. 24 aprel` kuni Dortmunddagi «Signal Iduna Park» stadionida o`tkazilgan o`yinda nemis jamoasi ispan klubi ustidan 4:1 hisobida g`alaba qozondi.

«Borussiya»ning barcha gollari jamoaning pol`shalik hujumchisi Robert Levandovski hisobiga yozildi. Hujumchi 8-daqiqada hisobni ochgan bo`lsa, 50-daqiqada dubl`, 55-daqiqada esa xet-trikni rasmiylashtirildi. 66-daqiqada esa, Marko Roysga nisbatan ishlatilgan qoidabuzarlik uchun belgilangan penal`tidan aniq foydalanib, poker muallifiga aylandi.

«Real»ning yagona goli uchrashuvning 43-daqiqasida madridliklar etakchisi, musobaqa to`purari Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi. 4:1 hisobi o`yin oxirigacha o`zgarmadi.

«Real» va «Borussiya» o`rtasidagi yarim final javob uchrashuvi 30 aprel` kuni Madriddagi «Sant`yago Bernabeu» stadionida o`tkaziladi.

Qayd etish joiz, Robert Levandovski poker qayd etgan Chempionlar ligasi tarixidagi ettinchi futbolchiga aylandi. Bungacha turli yillarda turli jamoalar tarkibida Marko van Basten, Filippo Inzagi, Dado Prsho, Rud van Nistelroy, Andrey Shevchenko va Lionel` Messi bir uchrashuvda raqib darvozasiga to`rtta gol urishga muvaffaq bo`lgandi.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    дахшат, немис машинаси хозирги кунда энг юкори чуккида эканлигини бу икки уйинда исботлади

  2. Номаълум

    bunaqasini kutmagandim

  3. 159

    ikkinchi uyin qanday bularkan? manimcha buni kupchili intizorlik bilan kutishmoqda

  4. a

    хамма ШОКда! бу натижани хеч ким кутмаган

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social