“Real” Ispaniya Superkubogini qo`lga kiritdi

Madridning “Real” klubi Ispaniya Superkubogi soxibi bo`ldi. Xal qiluvchi javob uchrashuvida “Real” “Barselona”ni o`z maydoni “Santyago Barnabeu” da 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

“Real” raqibga qaraganda o`yinni juda faol boshladi va birinchi daqiqalardan ustunlikka ega bo`ldi. 11 daqiqada Gonsalo Iguain Valdes qo`riqlayotgan darvozaga gol kiritib, madridliklarni oldinga olib chiqdi. Ko`p o`tmay, ya`ni o`yinning 19 daqiqasida Krishtianu Ronaldu “Real” hisobiga ikkinchi golni yozib qo`ydi. Urulgan ikkita gol ham kataloniyaliklar markaziy himoyachilar xatolari evaziga bo`ldi.


Birinchi bo`lim 28 daqiqasida “Barselona” himoyachisi Adriano Ronaldoga nisbatan so`ngi umid folini ishlatgani uchun maydondan chetlashtirildi. Kataloniyaliklar o`yinda o`nta bo`lib qolishganiga qaramay, o`yinni boy berishni istashmadi, hatto birinchi bo`lim oxirida Kasilyas darvozasiga gol kiritib, hisobni ozgina bo`lsada qisqartirishga muvaffaq bo`lishdi – bu golni esa Lionel Messi 45 daqiqada jarimadan kiritdi. Ammo ikkinchi bo`limda xech bir jamoaga ham gol urush nasib etmadi. Imkoniyatlar ikkala jamoada ham bo`ldi.

Ispaniya Superkubok uchun ikki o`yin natijasiga ko`ra urulgan gollar teng (4:4), lekin madridliklar raqib maydonida ko`p top kiritganlari uchun g`alabani o`z hisobiga og`dirishdi. (Kamp – Nouda bo`lib o`tgan o`yin 3:2 hisobi bilan kataloniyaliklar g`alabasi bilan yakunlangan edi).

2008 yildan buyon madridning “Real” jamoasi birinchi marotaba Ispaniya Superkubok soxibi bo`ldi. Oldin esa 3 yil mobaynida ushbu mukofotni “Barselona” qo`lga kiritib kelgan.

“Real” jamoasinig kechagi o`yini muxlislarda juda yaxshi ta`surot qoldirdi. “Real” “Barselona” ga qarshi anchadan buyon bunday o`yin namoyish etaolmagandi.

Nima deb o`ylaysiz, Joze Mourin`yu Barsaga qarshi qanday o`ynash kerakligini endi bilyaptimi , yoki Pep Gvardiolaning jamoadan ketgani jamoa o`yiniga o`z ta`sirini o`tkazyaptimi?

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    молодцы! Реал Чемпион!

  2. Gol

    Реалнинг уйинини курдиларми? кеча улар ажойиб уйин курсатишди, агар шу темпни тушуришмаса, манимча у хам Кирол кубоги ва ла Лигани кулга киритади, энг асосийси Чемпионлар Лигасини кулга киритсинда. Реал мухлислари табриклайман

  3. real

    bular ekanu, xech qachon realni shunaka uyini kurmadim!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social