Server Jeparov Osiyoning eng yaxshi futbolchisi!

Server Jeparov Osiyoning eng yaxshi futbolchisi!

Server Jeparov ikki karra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi!

Xam yurtimiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov AFK tarafidan 2011 yil Osiyoning  eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Eslatib o`tishimiz kerakki bu Server Jeparovning o`z faoliyati davomida bu sovrin bilan ikkinchi marotaba taqdirlanishi. U ilk marta bu sovringa 2008 yili ega bo`lgandi. Bu bilan Server Jeparov Yaponiyaning afsonaviy futbolchisi Xidetoshi Nakata erishgan muvofaqiyatni takrorladi desa xam bo`ladi.

Jeparov O`zbekiston terma jamoasi o`yinlarida juda katta xizmatlari bor. 2011 yilda Osiyo birinchiligida bo`lib o`tgan o`yinlarda  Server Jeparov ikki marotaba o`yinning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Xamon yurtdoshlarimiz uning Qatar bilan kechgan uchrashuvida urgan golini eslashsa kerak. O`sha o`yin 2 : 1 xisobi bilan xam yurtlarimiz foydasiga xal bo`lgan.

Iyul oyida Jeparov Saudiya Arabistonning Al` Shabab klubiga o`tdi. Bundan oldin Server 2010 yili o`zining ajoyib o`yinlari bilan Seul futbol klubi tarkibida  o`yinlarda ishtirok etdi.

Bu sovrinni 29 yoshli Server Djeparovga AFK prezidenti ijrochi rahbari Chjan Jilong va FIFA prezidenti Zepp Blatterlar topshirishdi. Jeparov o`z so`zida “Men bu mukofatga 2008 yildan keyin ikkinchi marotaba ega bo`lyotganimdan juda xursandman”

“O`ylaymanki xar bir futbolchi bunday sovringa ega bo`lishni orzu qiladi, o`ylaymanki bu men uchun oxirgisi emas. Bu sovringa ikkinchi marotaba ega bo`lishim, aytishim mumkin, men birinchi marta bu sovringa ega bulgandan  xam xursandrokman. Umid qilamanki, bu mukofot Al` Shabab dagi faoliyatimga juda yaxshi sovg`a” deb aytib o`tgan.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. алишер

    Серверга смокинг ярашаркан. Молодец, софрин билан табриклайман

  2. футбол

    Балли Сервер, бу биз учун жуда яхши хурсандчилик. Биз Сен учун жуда хурсандмиз. Бундай совринлар билан яна ва яна такдирланишингни истаймиз. Офарин Сервер!

  3. uz_bola

    Balli Server. Butun Uzbekiston Sen uchun juda hursand. Sovrinlar muborak bo’lsin! Faoliyatingda yangi baland cho’qqilar tiliyman.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social