Tarixiy g`alaba muborak aziz yurtdoshlar!

Tarixiy g`alaba muborak aziz yurtdoshlar!

O`zbekiston terma jamoasi Yaponiya terma jamoasiga qarshi JCh-2014 saralash uchrashuvi doirasida so`ngi uchrashuvini o`tkazdi. Bu uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari yagona gol evaziga «samuraylar» ustidan o`z tarixidagi dastlabki g`alabani ega bo`lishdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan mezbonlar tashabbusni o`z qo`llariga olishdi. Vakillarimiz asosan ilk daqiqalarda qarshi hujum taktikasida harakat qilishdi. Shunday hujumlardan so`ng Aleksandr Shadrin va Islom Inomovlar raqib darvozasini ishg`ol eta olishmadi. 15-daqiqada Islom Inomovning Nesterov darvozasiga to`pni kiritib qo`yishiga oz qoldi. 35-daqiqada yaponlar to`p kiritishga erishishdi. Ammo hujumchi Nesterovga nisbatan qo`pol o`yngani uchun hakam golni inobatga olmadi. 36-daqiqada Ildar Magdeev o`rniga Oybek Qilichev maydonga tushdi. 43-daqiqada Maya Yoshida darvozamiz ustunini nishonga oldi. Zaxiradan o`yinga qo`shilgan Qilichev darvoza tomon kuchli zarba berdi. Ammo uning zarbasi darvozaning ancha yuqorisidan o`tib ketdi. Dastlabki bo`limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo`lim boshida, aniqrog`i 54-daqiqada O`zbekiston hisobni ochdi. Jasur Hasanov to`pni qanotdan jarima maydoni ichiga oshirib berdi. Nasimov o`ziga kelib tushgan to`pni Shadringa uzatdi. Aleksandr esa Kavashima darvozasini ishg`ol etdi – 0:1. 58-daqiqada Stanislav Andreev o`rniga Dilshod Raxmatullaev maydonga tushdi. 65-daqiqada gol muallifi Aleksandr Shadrin o`rniga Shavkat Salomov maydonga tushdi. O`z navbatida Mayk Xavinaar o`rniga Tadanari Li maydonga tushdi. 72-daqiqada raqiblarimizning havfli hujumini Inomov qaytara oldi. Bu vaziyatda Shinji Kagava zarba bergandi. 83-daqiqada Bahodir Nasimovning 25 metrlardan bergan zarbasi ancha havfli bo`ldi. 84-daqiqada Yuto Nagatomo o`rniga Yuichi Komano maydonga tushdi. 90-daqiqada Nasimovda yana bir qulay imkoniyat bo`lgandi. Ammo darvozabon to`pni qaytardi. Hisob o`yin oxirigacha o`zgarmadi va O`zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi.2
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Tajikiston terma jamoasi o`z maydonida KXDR terma jamoasi bilan to`p surishdi. O`yin durang 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

JCh-2014 saralash baxslarining xal qiluvchi to`rtinchi bosqichda, qit`amizning kuchli 10 ta terma jamoalri 2 guruhga bo`lingan xoldi FIFA ning Osiyo qit`asiga ajratgan litsenziyalar uchun kurash olib boradilar. Eslatib o`tamiz, saralash bosqichining so`ngi  xal qiluvchi bosqichida, o`z guruhlarida birinchi va ikkinchi o`rinlarni egallagan terma jamoalar ishtirok etishadi.

Istardikki, bizning terma jamoamiz ham, nihoyat o`zining ajoyib o`yinlari bilan JCh final bosqichida ishtiroq etishini. G`alaba muborak aziz yurtdoshlar!

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    omad sizlarga yigitlar… barakala!

  2. нодир

    ха узбекистон терма жамоаси уз болелшикларни хурсанд киляпти!

  3. жасур

    утан сафар 5 уйинчи дисквалификация булган.улар качон энди уйнашади?

  4. Gol

    Ular 4 turning birinchi uchrashuviniyam o’tkazib yuborishadi

  5. uz_game

    балли болла! офарин! энди олимпия терма жамоамиззи уйинини кутиб коламиза. ишкилиб улар хам биззи шундай хурсанд килишсинде

  6. uzbek

    manimcha albatta xursand qilishadi. o’yin ham bizzi stadionda bo’lib o’tadi. Kim biladi, BAA bilan o’yin qaysi maydonda bo’lib o’tadi?

  7. Номаълум

    олимпия терма жамоа ким билан уйниди?

  8. Азиз

    Да гап йук. Давай йигитла! Омад!

  9. Номаълум

    Bo’larkanu! Yog’liq oshlani yeishni kamaytirishganga o’hshidi. Yahshi

  10. Man

    Ishqilib ikkinchisidanam o’tishsindey.

  11. нодир

    иш килиб чиксин 2014 чемпионатга!

  12. Gol

    бугун бир йула 3 та жамоамиз АФК чемпионлар лигасидаги уйинларини бошлашади

  13. нодир

    кайси кайси жамоалар?

  14. Номаълум

    Пахтакор кеча ютказдими???

  15. Gol

    кеча бунёдкор хам, пахтакор хам ютказди. пахтакорни этмисми, 4:0 га ютказди шарманда, тайёргарликлани туркиялада килиб келишган жамоамиз ютказиб куйди

  16. uzbek

    manimcha bollarimiz rosa dangasa bo’b ketishgan/ tayyorgarlik mashg’ulotlarini o’zlarimizda o’tkazishlari kerak/ dubay, turkiyalaga borib, mazza qib dam ob kegan bula

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social