T`erri Anri futbolchilik faoliyatini yakunladi (+video)

T`erri Anri futbolchilik faoliyatini yakunladi (+video)

Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi T`erri Anri o`z futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida xabar berdi.

Anri o`zining professional faoliyatini “Monako” klubida boshlagan. 1999-yildan 2007-yilgacha Arsen Venger murabbiyligi ostida Londonning “Arsenal” jamoasida faoliyatini olib borgan, keyinchalik “Barselona” klubiga o`tgan. 2010-yilning iyul` oyidan Anri Shimoliy Amerika ligasida “N`yu-york Red Bullz” jamoasida faoliyat olib bordi. Shu yilning dekabr` boshida 37 yoshli hujumchi 31-dekabr` kuni yakuniga etadigan shartnomani cho`zmaslikka qaror qildi.

Anri o`z faoliyatining asosiy qismini “Arsenal” klubi safida o`tkazgan, unda u ikki marotaba Angliya prem`er ligasida chempion bo`lgan va uch marotaba Angliya kubogi sohibi bo`lgan, hamda Chempionlar ligasida va UEFA Kubogi finaligacha borgan. Frantsiya terma jamoasi safida esa 1998-yilda chempion bo`lgan va 2000-yilda esa Evropa chempionatining g`olibi bo`lgan.

Anri ajoyib o`yinchi va u o`ynagan har bir jamoaga o`z hissasini qo`shgan. Shuningdek, bizni chiroyli o`yinlari va gollari bilan hursand qilgan.

Ma`lumotlarga qaraganda, T`erri Anri Angliyaning “Sky Sports” telekanalida jurnalistik faoliyatini boshlaydi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social