Tito Vilanova Barselonadan ketadi!

Tito Vilanova Barselonadan ketadi!

Ispaniyaning Barselona klubi bosh murabbiyi Tito Vilanova, sog`ligi tufayli lavozimidan ketdi. Uning kasalligi 2011 yil noyabr oyida boshlangan va muolaja natijalaridan keyin Barselona klubini 2012-2013 yillar oralig`ida boshqardi. “Shu yil uning kasalligi yana huruj qilib, hozirda Tito Vilanova takroran muolaja olishiga to`g`ri keladi va shu sabab U klub bosh murabbiyiligidan ketmoqda” deya ta`kidladi Barselona klub prezidenti Sandro Rosell.

Shu munosabat bilan, Barsa klubi bir qator o`rtoqlik uchrashuvlarini qoldirishga majbur bo`ldi. Jumladan, Polshada bo`lib o`tadigan o`rtoqlik uchrashuvini ham.

Klub prezidentining bildirishicha, yaqin kunlarda yangi bosh murabbiy tayinlanadi. Hozirda bosh murabbiy o`rniga, Tito Vilanovaning yordamchisi vaqtinchalik boshqarib turadi. Ayni damda, bir qator veb sahifalarda Barselona klubining yangi bosh murabbiyisi kim bo`lishi haqida mish-mishlar tarqagan. Shulardan biri, Angliyaning Tottenham jamoasi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash Barselonani boshqarishi mumkin. Lekin Villash-Boash bu mish-mishlarga izoh bermadi va aksincha Tito Vilanovaga sog`liq tiladi.

Tito Vilanova murabbiylik davri yaxshi o`tganligi, ko`pgina do`stlar, hamkasblar orttirgani va Barselona klubining barcha muhlislari va hodimlariga o`z minnatdorchiligini va kelgusi yillarda omad tilab qolishini  ta`kidlab o`tdi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social