V`etnamda “Arsenal” ketidan marafon (+video)

V`etnamda “Arsenal” ketidan marafon (+video)

Londonning “Arsenal” klubini V`etnamda doiraviy sayohat vaqtida juda iliq kutib olishdi.

“Kanonir”larning ashaddiy muxlislaridan biri, ko`chalarning birida o`zining sevimli klubi bilan o`tayotgan avtobusni ko`rib, uni quvlashga tushdi. Ashaddiy muxlis ulardan avtobus ichiga kirtishini so`ragan. “Arsenal” muxlisi yugurib borgan yo`lda daraxtlar va yo`l belgilar ko`rinishidagi xar hil tabiiy to`siqlar unga uchragan, ammo u har doim bu to`siqlardan muvaffaqiyatli o`tib borgan. Yugurushning so`nngi bosqichda bechora muxlisga bir mahalliy aholining rahmi kelib, unga avtobusning ketidan mototsiklda quvishni davom ettirishni taklif qildi.

Bu marafonchini ko`rgan “Arsenal” futbolchilari juda mamnun bo`lishdi va muxlisni telefon va fotoapparatlariga tasvirga ola boshlashdi. “Arsenal” futbolchilari muxlisning yugurib 8 kilometr yo`l bosib o`tganini ko`rib, klub bosh murabiyi Arsen Vengerga bu marafonchi muxlis bilan tezda shartnoma tuzishini so`rashdi.

“Sodir bo`layotgan voqeani kuzatib, biz juda yaxshi vaqt o`tkazdik – deydi “Arsenal” darbozaboni Voytsex Sсhesni – bu barchamizga o`ziga hos maktub: agar siz haqiqatdan ham nimanidir juda xohlasangiz, agar sizda orzular bor bo`lsa, ular albatta amalga oshadi”. Haqiqatdan ham, futbolchilarning iltimosiga ko`ra Arsen Venger marafonchini avtobusga kirtdi. Avtobus ichida esa U sevimli London klubi futbolchilari bilan rasmga tushdi. Keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarga chiqarilgan fotosuratlar keyin uzoq muddat bo`lmasada, lekin ma`lum vaqt bu marafonchi V`etnam milliy qahramoniga aylandi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    болаям роса югурибди узи, бизага кеганидан бутун бир махаллани боллари югурарди :)))

  2. hilario

    Haqiqiy fanat, malades!!

  3. jahon

    Real Madrid uzbekistonga xam kelganda, men xam yugirardim )))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social