YeCHL. “Roma” – “Barselona” 3:0. “Roma” “Barsani” mag’lub etdi (+video)

YeCHL. “Roma” – “Barselona” 3:0. “Roma” “Barsani” mag’lub etdi (+video)

Chempionlar ligasi chorak final ilk uchrashuvida “Barsa” Rimda “Roma”ga yirik hisobda mag’lub bo’lib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Rimliklar o’z uyida “Barselona”ni 3:0 hisobida mag’lub etib, YeCHL yarim finaliga yo’l oldi. “Roma” so’nggi bor 34 yil oldin Evropa chempionlar kubogi yarim finalida o’ynagandi.

Ushbu mag’lubiyat tufayli “Barselona” ketma-ket 3 yil YeCHL yarim finaliga chiqa olmadi. O’tgan mavsumda kataloniyaliklar “Yuventus”ga (0:3, 0:0) imkoniyatni boy berib, yarim final yo’llanmasidan quruq qolgan bo’lsa, 2016 yilda 1/4 final bosqichida “Atletiko”ga (2:1, 0:2) mag’lub bo’lgan edi.

“Roma” – “Barselona” 3:0

Gollar: 1:0 – 6 Djeko, 2:0 – 58, penalti de Rossi, 3:0 – 82 Manolas.

“Roma” – Alisson, Fasio, Jezus, Kolarov, Manolas, Nainggolan (El-SHaaravi, 77), Florenci, Strotman, de Rossi, Djeko, SHik (Under, 73).

“Barselona” – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu (Dembele, 85), Umtiti, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets (Pako Alkaser, 85), Inesta (Andre Gomesh, 81), Messi, Suares.

Ogohlantirish: Fasio (38), Jezus (44), Pike (57), Messi (63), Suares (72).

Birinchi uchrashuv: 1:4

Manba: championat.asia

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social