Yangi Yilingiz bilan tabriklaymiz!

Biz sizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Biz sizga kelgusi yilda ijobiy va mehribon insonlar doirasida bo’lishingizni, faqatgina yoqimli his-tuyg’ularni boshdan kechirishingizni, har bir kuningiz quvonchga to’lishini va albatta boshqalarga tabassum ulashishingizni tilab qolamiz! Kelayotgan Yangi Yil, siz uchun muhim bo’lsin!!!

Instagramdagi yil natijalari: eng mashhur trendlar, hashtaglar va emojilar

Kompaniya muhim tendentsiyalar haqida so’zlab berdi va yilning eng mashhur hodisalarini aniqladi. Instagramning yuraqchalar stikeri «Heart of Eyes» filtrlari bilan birgalikda «Story» da eng ko’p ishlatilgan stiker bo’ldi. Eng mashhur emoji qalbning ramzi bo’lib ❤, bu sharhlarda 14 milliarddan ko’proq foydalanilgan. Tokio Disneylend Yerdagi eng baxtli joy deb tan olindi. U dunyodagi geologik joylashuvlar orasida…

Istanbul metropoliteni chiqindilar bilan kurashmoqda

Istanbul metrosi, insonlarni atrof-muhitga yanada e’tiborliroq bo’lishga da’vat qilishning o’ziga xos bir yo’lini topdi. Jamoat transporti uchun chiptalar xarid qilish uchun foydalaniladigan savdo avtomashinalarida siz pul o’rniga plastik butilka yoki idishlar bilan to’lashingiz mumkin. Ayni paytda, AFP ning xabar berishicha, bu test loyihadir. Plastik butilkalar va qutilar uchun chiptalarni sotib olish mumkin bo’lgan mashinalar uchta…

Shavkat Mirziyoyev — Osiyoning yil odami (Eng yaxshi siyosatchi)

Shtab kvartirasi Seulda joylashgan Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi (OJA) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “2018 yil odami” deb e’lon qildi. Mamlakatimiz rahbari siyosiy yo’nalish bo’yicha g’olib, deb e’tirof etildi. Assotsiatsiya vakillari ta’kidlaganidek, Shavkat Mirziyoyev 2016-yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishganidan to hozirgi vaqtgacha inson huquqlarini ta’minlash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, ochiq siyosat yuritish, shu jumladan,…

Uyda Yolg’iz yana ekranlarda. Bu safar Google yordamchisi bilan birga!

Uyda yolg’Iz filmi bilan dunyoga tanilgan Amerikalik aktyor Makoley Kalkin, “Google” ovozli assitentini reklama qilish maqsadida bizga mashxur bo’lgan filmning sahnalarini takrorladi. Mazkur videoda katta bo’lib qolgan Kevin Yangi yil arafasida yana uyda yolg’iz qolib ketadi. Endilikda, Google ovozli yordamchi va aqlli uy tizimi unga barcha muammolarni hal qilishga yordam beradi. 

2018-yilning eng yomon parollar ro’yxati e’lon qilindi

Ma’lumot himoyasi bo’yicha ixtisoslashgan SplashData kompaniyasi 2018-yildagi 100 ta eng zaif parollar ro’yxatini tuzdi. Peshqadamlikni ketma-ket beshinchi marta – «123456» (1-o’rin) bo’ldi va «password» («parol») so’zi yana ikkinchi o’rinni egalladi. Antireyting ko’rsatkichi o’tgan yil davomida Internetga salkam besh milliondan ziyod kalit so’z birikmalariga asoslangan. 2018-yilda donald («Donald») paroli debyut qildi, va 23-o’rinni egallab turibdi. Yilning…

Tez orada to’liq oy tutilishi sodir bo’ladi

Keyingi yilning 21-yanvarida super oy tutilishi kutilmoqda. Super oy tutilishi – bu Oy Yerga yaqin bo’lganidagi to’lgan oydir. Bunday Oy qizil rangga kiradi va buni Qonli oy deb ham atashadi. Bu ikki hodisaning tasodifiyligi juda qiziqarlidir. Oyning qizil tusga kirishi rang va soyaning birlashmasi orqali sodir bo’ladi: osmon sayyoralar soyyasida bo’ladi va oyning yuzasiga faqat…

National Geographic 2018-yilgi eng yaxshi fotosuratlarni tanladi

Bu sayyorada yashaydigan har bir jonzotga, hayotning kuchli kurashlari va bir zumda o’tib ketadigan tinchlik juda tanishdir. Quyidagi suratlarga bir nazar soling: rasmlarda qanday tasvir bo’lishidan qat’iy nazar, qushlar, timsohlar, sherlar yoki insonlar – ularning o’zlari og’riq, baxt, g’azab va go’zallikka ega hayotdirlar. Ko’chmanchi nepal xalqidan bo’lgan ayol uxlagan bolasini olib yuribdi Xitoydagi basketbol maydonlari…

Reklama jiddiy mavzularda gapirishi mumkin va gapirishi ham kerak

Ko’pchiligimizga reklama yoqimsiz narsadek tuyuladi. Biz reklama tomosha qilishga kamdan-kam vaqt sarflaymiz. Biroq reklamalar har xil bo’lishi mumkin va har doim ham biror narsani sotish degani emas. Quyidagi reklamalarga bir qarang. Ular reklama orqali bizni katta xatolardan ogohlantirishga harakat qilishmoqda. «So’zlar dunyoni yaratadi» «Dunyoda eng yaxshi jamoani yarataylik» «Sovg’a bo’lish juda achinarli». «Ko’proq o’qing» «Biz…

Instagramda ovozli xabarlar yuborish imkoniyati paydo bo’ldi

Instagram Direct da endi audio xabarlarni boshqa foydalanuvchilarga yuborishingiz mumkin. Buning uchun suhbatni oching va mikrofon belgisini bosing. Yozuvning maksimal davomiyligi bir daqiqaga teng. Ovozli xabarlar hech qayerda yo’qolib qolmaydi, ular shaxsiy va guruh suhbatlarida ham jo’natilishi mumkin. Yangilik – Instagramda iyun oyida paydo bo’lgan video qo’ng’iroqlarga muqobildir. Yaqin kunlarda ovozli xabarlar iOS va Android…