11 noyabrda kamyob astronomik hodisa kuzatiladi

11 noyabrda kamyob astronomik hodisa kuzatiladi

«Merkuriy tranziti» dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:36da boshlanib, 23:04gacha davom etadi.

11 noyabr kuni kamyob astronomik voqea – Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi saytida ma’lum qilindi.

«Merkuriy tranziti» deb ham ataladigan bu holat Toshkent vaqti bilan soat 17:36da boshlanib, 23:04gacha davom etadi. Bunda Merkuriy sayyorasi Quyosh va Yer o‘rtasida bo‘ladi.

O‘zbekistonda bu vaqt Quyosh botishiga to‘g‘ri kelishi hisobga olinsa, tranzitni faqat Qoraqalpog‘iston hududida qisman kuzatish imkoni bor.

Shimoliy Amerikada Quyosh chiqishi paytida, Janubiy-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari, Afrika va Yevropa qit’alari hududlarida esa Quyosh botayotgan paytda uni kuzatish imkoni mavjud. Janubiy Amerika materigi aholisi tranzitni to‘liq 6 soat kuzatishi mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social