Afsonaviy yoshligimizdagi Super Mario Run o’yini endi Androidda mavjud

Afsonaviy yoshligimizdagi Super Mario Run o’yini endi Androidda mavjud

Dekabr oyida Super Mario Run o’yini iOS-qurilmalar uchun chiqarilgan edi. Endilikda esa yangilagan versiya Super Mario Run v2.0 Androidda ham mavjud bo’ldi.

Super Mario Run o’yinida siz xohlagan qahramonni tanlashingiz mumkin: Peach, Luigi, Yoshi yoki Toadette. O’yinda yangi turlar ham mavjud: Toad Rally turida butun dunyo bo’ylab o’yinchilar ochko ustunligi uchun bellashadi, Kingdom Builder turida har xil jixozlarni topib va ular bilan Qo’ziqorin Qiroligini bezatish mumkin. Umumiy Super Mario Run o’yinida 24 darajalar mavjud.

Super Mario Run – o’yini iPhone 7 bilan birga o’tgan yilda taqdim etilgan edi. iOS uchun mavjud bo’lgan o’yin arzon narxda bo’lmagan va $ 10 ga tengdir. Android foydalanuvchilar uchun ham bu o’yin bepul bo’lmasligi mumkin.

Manba: Lifehacker

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social