Amazon birinchi marotaba o’z mahsulotini dron orqali yetkazib berdi!

Amazon birinchi marotaba o’z mahsulotini dron orqali yetkazib berdi!

Amazon internet do’koni bir necha yillar ilgari o’z mahsulotlarini mijozlarga pilotsiz dronlar orqali yetkazib berish haqida aytib o’tgan edi. Endilikda esa, kompaniya o’z so’zlarini amalga oshirmoqda.

Amazonning Cambridge laboratoriyasidan uchib chiqqan dron 13 daqiqa ichida o’z vazifasini bajardi, ya’ni mahsulotni Richard B ismli mijozga yetkazib berdi.

Amazonning aytishicha, Prime Air tizimi mijozlariga 30 daqiqa ichida xavfsiz yetkazib berish uchun mo’ljallangan. Hozirgi vaqtda kompaniyada AQSH, Buyuk Britaniya, Avstriya va Isroil mamlakatlarida dronlar uchun markazlari bor.

Amazon uchar kur’erlarning dizayni qanday bo’lishi hozircha aniqlanmadi. Hozirgi dron-yetkazib beruvchi ko’proq vertolet va samolyot aralashiga o’xshaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, shunday dron 24 km dan ko’proq uchishi va tezligi 88,5 km soatiga yetib borishi mumkin.

Manba:Naked-Science

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social