Amsterdamda haydovchisiz suv taksisi ishga tushirildi

Amsterdamda haydovchisiz suv taksisi ishga tushirildi

Qayiqlar yoz faslida sinovdan o‘tkazilgandi.

Haydovchisiz Roboat qayiqlari Kompyuter fanlari va sun’iy intellekt laboratoriyasi (CSAIL) va Massachusets texnologiya instituti Senseable City jamoalari tomonidan ishlab chiqilgan.

Qayiqlar shahar kanallari bo‘ylab suzadi. Ular 5 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, roboqayiqlardan kanaldagi chiqindini yig‘ish va mahsulotlarni yetkazib berishda ham foydalanish mumkin.

TechCrunch nashrining yozishicha, Roboat 360 gradusli bir necha panoramali kameralar, shuningdek, marshrutni aniqlash uchun GPS’dan foydalanadi.

Qayiqlar simsiz tarmoq orqali quvvat oladi va yuk og‘irligidan kelib chiqib, 12 soatdan 24 soatgacha quvvatsiz ishlay oladi. U tezlikni soatiga 6 km.gacha oshirishi mumkin.

Jamoa elektr qayiqni Amsterdam kanallarida 2021 yilning yoz faslida sinovdan o‘tkazgan.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Olim

    Amsterdamda kelajak, hamma o’wa yerda yawasa bo’ladi

  2. T

    wacko wacko wacko wacko

  3. Nozima

    Amsterdamga borganman, juda g6zal wahar. U yerda juda k6p muzey va tarixiy joylar bor. odamlari ham yaxwi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social