Android yordamida yo`qolgan telefonlarni topish mumkin

Android yordamida yo`qolgan telefonlarni topish mumkin

Google kompaniyasi o`z blogida Google Play xizmati orqali Android tizimi uchun yangi Android Device Manager administrator ilovasini tarqata boshladi. Ushbu yangi ilova va unga tegishli veb-xizmat yo`qolgan uyali aloqa vositasini tezda topishga yordam beradi. Ilova Android tizimining 2.2 va undan keyingi barchasida versiyalarida ishlaydi.

Ba`zan shunday vaqtlar bo`lib qoladiki, kerakli paytta qo`l telefoningizni topaolmaysiz. Shu paytda bu ilova juda ham qo`l kelishi mumkin. Android Device Manager ilovasi va unga tegishli veb-xizmatdan foydalanib, qo`l telefoningizni tahminiy turgan joyini ko`rishingiz mumkin, yoki uni baland ovozda jiringlashga majbur etsangiz bo`ladi. Bu xizmat orqali qo`l telefoningizda hattoki barcha ovozlar o`chik rejimda turgan holatdayam jiringlashi mumkin.

Ilovaning yana bir afzal tarafi shuki, u smartfoningizdagi ma`lumotlarni begona ko`zlardan yashira olishi. Agar qo`l telefoningiz o`g`irlangan bo`lsa yoki yo`qolib qolgan holatda, kerakli veb-xizmat orqali barcha ma`lumotlaringizni uchirib tashash uchun buyruq berish mumkin. O`g`ri telefoningizni yoqqanda avtomatik tarzda barcha ma`lumotlaringiz o`chib ketadi.

Hozircha ilova faqat saralangan foydalanuvchilar uchun tarqatilmoqda. Keyinchalik esa bu ilova xizmatidan barcha foydalanishi mumkin bo`ladi.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Abror

    Qachon ishlatish mumkin

  2. 159

    вакти кеганда

  3. Great

    Bu Google hech tinmiydi-de

  4. Great

    Vaqti qachon kelar ekan?

  5. Jamol

    bu esa yaxshi uzgarish,lekin uyliman xakerlar buni chikish ilojisini topishadiu )))

  6. Bunyodbek

    Yoqolgannarsani topiw ucun topgan odamn topiw kerek. Manimca

  7. Shuxrat

    Redmini topsa boladimi

  8. Fazo.tv

    Salom Shuxrat, ha bo’ladi

  9. Muhammad

    A52 yuqoldi qande topsak buladi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social