Angliyaliklar yangi va zamonaviy futbol maydonlarini taklif qilishdi!

Angliyaliklar yangi va zamonaviy futbol maydonlarini taklif qilishdi!

Ko’plab katta shaharlarda futbol maydonlarining qurulishi asosiy maqsadlarga kirmaydi. Shunga o’xshash xolat Londonda sodir bo’ldi. Shahar arxitektorlari esa shu vaziyatdan chiqish yo’lini qidirmoqdalar va aholiga futbol bilan shug’ulanish uchun qulay yo’lni topish niyatida. Shu yo’lda AL_A kompaniya arxitektorlari Pitch/Pitch nomli loyihani o’ylab topishdi, u bir-birining ustida joylashgan bir nechta futbol maydonlardan iborat bo’ladi.

Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, oddiy yerda joylashgan futbol maydonlar zamonaviy shaharlarga yuqori harakatlanish tufayli to’g’ri kelmaydi, maxsus stadionlarni ishlatish esa ko’plab insonlar uchun ochiq emas. Shuning uchun ishlab chiqaruvchilar bir joyda bir necha qavatli stadionlar qurilishini tanlashga qaror qilishdi.

24-1

AL_A kompaniyasi Arup kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlaydi va ular birgalikda yengil ramali uglerod tolali maydonlar tizimini yaratishdi. Noyob konstruktsiya tufayli qo’shimcha qavatlar vazni yengil bo’ladi va pastga og’irlik tushmaydi. Bundan tashqari, ushbu futbol maydonlari qisqa vaqt ichida qurilishi mumkin.

Aytib o’tish joizki, maydonlarning konstruktsiyasi ochiq ko’rinishga ega bo’ladi, bu esa muhlislarga o’yinni kuzatishiga imkoniyat beradi. Har bir qavvatga chiqish o’rnatilgan zinalar yordamida bo’ladi. Yangi yoritish tizimi futbolni kechki vaqtda o’ynashga ham imkoniyat beradi.

23-1

Manba:Naked-Science

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Amirxon

    Vau! Juda ajoyib! Shu joyda bir futbol o’ynab ko’rsam edi.

  2. Fazo.tv

    Kim biladi, balki kelajakda o’ynab ham ko’rarsiz 😉

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social