Apple’ning ilk avtomobili butunlay boshqaruvchisiz – rul va pedallarsiz bo‘ladi

Apple’ning ilk avtomobili butunlay boshqaruvchisiz – rul va pedallarsiz bo‘ladi

Apple kompaniyasi o‘z avtomobilini ishlab chiqish jarayonini tezlashtirmoqda va uni butunlay avtonom boshqaruvga yo‘naltiryapti.

Avtomobilda rul orqali boshqaruv va pedallar bo‘lmaydi, deya taxmin qilinyapti. Biroq qo‘lda boshqarish avariyaviy rejimi bilan jihozlash masalasi hali muhokama qilinyapti.

Interer Canoo tomonidan taqdim etilgan Lifestyle’dagi dizaynda bo‘ladi. Unda limuzindagi kabi yo‘lovchilar bir-biriga qarama-qarshi tomonda o‘tiradi.

Salon markazida iPad’ga o‘xshagan katta sensor ekran bo‘ladi. U yordamida foydalanuvchilar yo‘lda ketish vaqtida axborot-ko‘ngilochar tizimni qo‘llashlari mumkin. Avtomobil Apple’da mavjud servis va qurilmalarga integratsiya qilinishi kerak.

Boshqaruv tizim uchun asosiy mikrosxema deyarli tayyor. U avtonom boshqarish uchun zarur bo‘lgan operatsiyalarni sun’iy idrok yordamida qayta ishlovchi ko‘plab neyron protsessorlardan iborat.

So‘nggi bir necha yil davomida Apple kompaniyasining avtomobil bo‘limi rivojlanishning ikki yo‘li ustida tadqiqot olib bordi: birinchisi, avtonom boshqaruvining cheklangan imkoniyatlariga esa model va ikkinchisi, inson aralashuvini talab etmaydigan to‘liq avtonom avtomobil yaratish. Loyihaning yangi rahbari, Apple Watch dasturiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i Kevin Linch boshchiligida muhandislar ikkinchi variantga e’tibor qaratishdi.

Bloomberg’ning qayd etishicha, bu qaror erishib bo‘lmas maqsadga o‘xshaydi. Avtomobil sanoatining ko‘plab gigantlari avtonom transport vositalari ustida yillab ish olib borishgan, biroq inson ishtiroki talab etilmaydigan modelga deyarli yaqinlashishmadi. Tesla ham, Waymo ham, boshqa kompaniyalar ham bu borada katta muvaffaqiyatga erishmadi.

Apple o‘zining boshqaruvchisiz avtomobilini to‘rt yildan keyin chiqarishni maqsad qilgan. Muddatlar o‘zgaruvchan. Bu maqsadga 2025 yilda erishish kompaniyaning avtonom boshqaruv tizimini yaratishni tugatish imkoniyatlariga bog‘liq. Agar Apple bu maqsadga erisha olmasa, loyihani chetga surib qo‘yishi, yoki dastlab boshqaruv texnologiyalari u qadar mukammal bo‘lmagan avtomobil ishlab chiqarishi mumkin.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ergashev

    Applega mowinalani nima keragi bor? normalniy telefon 4iqazzin yaxwisi

  2. Pulat

    apple molodec, juda k6p foydali iw qiliwadi

  3. Shuxa

    Xudo bar4amizga shunday narsalarga erishishga yordam bersin yes

  4. Махмуд

    нечпул булади? 1 млн доллар буса кере, хамма нарсаси киммат шулани

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social